24
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, masalan: yer solig‘i,
ijara haqi, topshirilgan mahsulot
uchun haq (pudrat shartnomasida), o‘rmon to‘lovi va xokazo.
Yer huquqining me’yorlari yerlarning holati haqida axborotlardan yerkin
foydalanish tamoyili asosida amal qiladi. Unga ko‘ra, yer uchastkalarining davlat
dasturi ko‘rsatkichlari, ya’ni
ularning tabiiy, xo‘jalik holati va huquqiy maqomi,
miqdor va sifat ko‘rsatkichi va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi axborotlar ochiq, to‘liq,
ishonarli hamda hamma uchun maqbul shaklda xohlovchilarga va foydalanuvchilarga
berilishi kerak. Yerlarning holati haqida axborot davlat organlari, yuridik va jismoniy
shaxslarning
ayrim turlari uchun tekin, shu bilan bir qatorda ayrim yuridik yoki
jismoniy shaxslar uchun xaq evaziga bo‘lishi mumkin.
Yer va uning boyliklaridan kompleks foydalanish tamoyilining ma’nosi
shundan iboratki, har bir yerdan foydalanuvchi (mulkdor,
yer egasi, ijarachi va
xokazo) o‘ziga berilgan yer uchastkasi tabiiy imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanishi,
undagi suv, o‘rmon, umumiy tarqalgan foydali qazilmalardan ham imkon darajasida
yuqori foydalanishi lozim. Bu tamoyil yer kodeksining 50-moddasida o‘z aksini
topgan. Unga ko‘ra, yer uchastkasi shartnoma asosida ma’lum muddatga haq evaziga
yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: