Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Yer huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

1.4§. Yer huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni 
Yer huquqi boshqa huquq tarmoqlarining ichida konstitutsiyaviy huquq bilan 
eng yaqin va uzviy bog‘liqdir. Zotan, konstitutsiyaviy huquq me’yorlari yer huquqi 
tamoyillarining asosi hisoblanadi. Konstitutsiyada yer va boshqa tabiat boyliklari 
umummilliy boylik ekanligi, u samarali foydalanilishi kerakligi va davlat tomonidan 


27 
muhofaza etilishi (55-modda) kerakligi belgilangan [1]. Yer fondini davlat 
boshqaruvi, yer qonun hujjatlarini ma’muriy-huquqiy tartibda buzganlik uchun 
aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish soxasidagi yer huquqiy munosabatlarni 
tartibga solishda yer huquqi ma’muriy huquq normalaridan foydalanadi. 
Yer huquqi huquq tizimining zabardast tarmog‘i bo‘lgan fuqarolik huquqi bilan 
chambarchast bog’liq. Ushbu ikki huquq tarmog’ining bir biri bilan bog‘liq bo‘lishi 
negizida yer va fuqarolik munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy tabiatining umumiyligi 
yotadi. Yer munosabatlarining ayrimlari mulkiy munosabatlar bo‘lganligi uchun 
fuqarolik munosabatlari bilan qondosh xisoblanadi. 
Yer huquqi ekologiya huquqi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu o‘rinda 
aytish lozimki, yer huquqining mustaqil huquq tarmog‘i sifatida tan olinishi 
shakllanib kelayotgan ekologiya huquqini inkor etmaydi. Yer huquqi ekologiya 
huquqining ajralmas qismi deb, qaralishi mumkin bo‘lmasada, u yerdan foydalanishni 
muhofaza qilish munosabatlaridan ajratib tartibga solmaydi. Chunki, yerdan 
foydalanish va muhofaza qilish bir biri bilan uzviy bog‘langan va ajralmas jarayon 
xisoblahadi.
Nazorat uchun savollar: 
1. Yer huquqi tushunchasi nima? 
2. Yer huquqining me’yorviy tushunchasi nima? 
3. Yer huquqi me’yorlari guruxlari nimalardan tashkil topgan? 
4. Ta’sir etish kuchi buyicha yer huquqi me’yorlari necha xilga bo‘linadi? 
5. Yer huquqining qanday tamoyillari mavjud? 
6. Servitut huquqi nimani anglatadi? 
7.Yer huquqining boshqa huquq turlari bilan aloqasi nimalarda namoyon bo’ladi? 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling