Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. O‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

3.4§. O‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan 
mulk huquqini berish yoki uni rad etish asoslari. 
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish 
hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman 
(shahar) hokimining qarori ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini belgilangan 
tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. 
Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk 
huquqi e’tirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish 
huquqi beriladi: 


62 

o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz 
foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar 
boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini 
buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, qonun 
hujjatlarida belgilangan me’yorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan 
me’yorlar) doirasida; 

belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar 
mulkdori bo‘lmagan, lekin o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib 
jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga; 

ko‘chmas mulk obyektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaxslar 
tomonidan o‘zi yashab turgan yer uchastkasiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan 
qo‘shimcha imoratlariga; 

jismoniy shaxslar tomonidan «Yer to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990 yil 20 iyun) yakka tartibda uy-joy qurish
shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer 
uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan bo‘lsa; 

dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun foydalanilayotgan 
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga 
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida 
belgilangan me’yorlar doirasida (Bu qoida o‘zgargan. 2009 yilda kiritilgan 
o‘zgartirish bilan. Endi dehqon xo‘jaliklariga berilgan er uchastkalariga imoratlar 
qurish mumkin emas). 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling