Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Quyidagi holatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Quyidagi holatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan 
mulk huquqi e’tirof etilmaydi

aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish 
loyihalariga, qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni 
tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga; 

magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va 
aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-


63 
himoya zonalarida, shuningdek ayerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli 
moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga; 

qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan imoratlarga; 

o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar 
shaharsozlik me’yorlari va qoidalarini buzib qurilgan bo‘lsa, uning saqlab qolinishi 
boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa 
yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa. 
Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga 
nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi 
organi rad etish asoslari ko‘rsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini 
ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari 
markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi. Davlat xizmatlari 
markazi xat tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda 
axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda xatga o‘zining 
muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi. Xatda o‘zboshimchalik bilan 
qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun to‘sqinlik qilayotgan holatlarni 
(kamchiliklarni) bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki o‘zboshimchalik bilan 
qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish mumkin emas bo‘lgan holatlar 
ko‘rsatiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bo‘yicha komissiya ishchi 
organining 
xatida 
ko‘rsatilgan 
kamchiliklar 
bartaraf 
etilgandan 
so‘ng 
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir 
martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega. Murojaat 
etuvchi komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati 
tugagunga qadar tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi komissiyaga yoxud sudga 
shikoyat qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi bo‘lgan 
shaxslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va hal etadi. 
Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan 
mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) 


64 
hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy 
qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan va 
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi 
da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling