Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§.Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
6.2§.Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni
amalga oshiruvchi organlar Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari huquqni muhofaza qilish organlari, davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar, ularga uslubiy va boshqa yordam ko‘rsatadilar. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari qonun buzilishining oldini olish maqsadida yerga oid qonun hujjatlarini tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradilar. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan oshiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hududiy bo‘linmalarining yerga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadilar, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etadilar, ushbu masala bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 82 Quyidagilar yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanishi, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadidagi yerlardan, suv fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. "Davyergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati bo‘yicha quyidagi mansabdor shaxslari: Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori; Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining o‘rinbosari; Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat kilish boshqarmasi boshlig‘i - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha katta davlat inspektori; 83 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari - tegishli hududlarda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari; Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasining bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tegishli sho‘‘balari boshliqlari - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadi. Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi nomidan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish qo‘mitalarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish qo‘mitalarining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari o‘z vakolatlariga muvofiq Davlat Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 84 Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling