Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Ichki xo‘jalik yer tuzishning huquqiy tartibi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
4.4§. Ichki xo‘jalik yer tuzishning huquqiy tartibi
Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yer turlarini(ekinzorlar, bog‘lar, tokzorlar, yaylovlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq yeroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, meva va o‘rmon daraxtzorlarini barpo etish maqsadida tog‘ yonbag‘irlarida tyerrasa(supa)lar qurishni, buzilgan yerlarni 72 rekultivatsiya qilish (qayta tiklash)ni, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishni,shuningdek sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi. Yer tuzishning xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik yer tuzishni bir-biri bilan qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, aksincha ayrim hollarda ular bir-birlarini to‘ldiradi. Jumladan, ichki xo‘jalik yer tuzish ishlari amalga oshirilayotganda xo‘jaliklararo yer tuzish ishlari ham amalga oshirilish mumkin. Bunday holatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tuzayotganda, yangi fermer xo‘jaliklarini tuzayotganda, o‘zaro qo‘shni bo‘lgan yerdan foydalanish va ularning yer munosabatlari tartibga solinayotganda vujudga kelishi mumkin. Ichki xo‘jalik yer tuzish yerga egalik qiluvchchi, yerdan foydalanuvchilarning tashabbusiga binoan yerdan ishlab chiqarishning yuqori darajada foydalanishga yerishish maqsadida hamda u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdan iborat. Ichki xo‘jalik yer tuzishning zanirida bir qancha masalalarni hal etish yotadi. Bu jarayonda tabiiy qishloq xo‘jalik mintaqalariga bo‘lish hujjatlari asosida yer turlari, foydalanilmayotgan va unumsiz foydalanayotgan yerlar aniqlanadi, ulardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. Qishloqlarning joylashishi, kengayishi, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari rivojlanishini hisobga olgan holda xo‘jalik ichidagi tarmoqlarga yer taqsimlash ham ichki yer tuzish hujjatlariga asoslanadi. Ichki xo‘jalik yer tuzishi asosida bir turdagi tuproq-meliorativ sharoitlari bo‘yicha yer uchastkalari guruxlanadi, har bir turdagi yer uchastkasidan foydalanish tartibi, muhofaza qilish, tuproqni tiklash bo‘yicha loyiha ishlari, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish normativlari va talablari belgilanadi. Yuqorida aytilganlardan tashqari ichki yer tuzishda yana quyidagi masalalar hal etiladi: mablag‘ talab qiladigan melioratsiya va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqiladi, ularning muddatlari, hajmi, narxi va iqtisodiy foydaliligi aniqlanadi; 73 bog‘, uzumzorlar, daraxtzorlar joylashtiriladi, almashlab ekish tizimi amalga oshiriladi va yer maydonlarini tartibga solish bo‘yicha loyihalar ishlanadi; normativ hujjatlar bo‘yicha yer solig‘ining miqdorini ishlab chiqish, yer uchastkalarini baholash tizimini joriy etish yerning sifatini va joylashgan joyini aniqlash. Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari ichki tuzilmalari (bo‘lim, pudratchilar jamoasi)ning yerdan foydalanishiga ham ichki yer tuzish ishlari joriy qilinadi. Ammo ularning ichki yer tuzilishi ishlarining hajmining kamligi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olinib, bu ish o‘zgacharoq tartibda o‘tkazilishi mumkin. Ichki xo‘jalik yer tuzish xarita chizma hujjatlari, tuproqshunoslikning geobotanika, gidrologiya, melioratsiya va boshqa masalalari bo‘yicha o‘rganish hujjatlari, yerning bahosi va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek oldin bajarilgan yer tuzishning bashorati va loyihalari asosida amalga oshiriladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish ham xo‘jaliklararo yer tuzishdagidek bosqichlarda amalga oshiriladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish xo‘jalikning kelajakdagi rivojlanish rejasi va loyiha ishini bajarish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga binoan bajariladi. Ichki xo‘jalik yer tuzish kompleks ravishda va o‘rnatilgan yer maydonini tashkil qilishga taluqli ikki qism, ya’ni oldin umumiy va keyin aniq masalalarni hal etishdan iborat. Loyihada yer uchastkasini biriktirishni iqtisodiy tomondan asoslash va xo‘jalik ichida ishlab chiqarish bo‘linmalarini Yer kodeksi talablari bilan to‘liq bog‘langan holda yer uchastkalariga egalik qilishda yoki foydalanishda turli xo‘jalik yuritish shakllarining xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ichki xo‘jalik yer tuzishda qishloqlarni, ishlab chiqarish markazlarini, qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jalik korxonalarini joylashtirishda va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarini belgilashda almashib ekish, yeroziyaga qarshi ko‘rabilish, melioratsiya tadbirlari, shuningdek ozuqa ekinlari maydonlarini yaxshilash bo‘yicha qilinadigan tadbirlar loyiha darajasida bajariladi. 74 Ichki xo‘jalik yer tuzish ikki chizma va yozma loyiha qismidan iborat bo‘ladi. Chizma qismida loyihaning va yerdan foydalanish yoki yerga egalik qilish rejasi, dala tekshiruv chizmasi, oldingi qishloq xo‘jalik ekinlarining turi, xaritasi va boshqa hujjatlar, loyiha yozma qismida esa loyihani tuzish bo‘yicha topshiriq, iqtisodiy masalalar asoslangan ma’lumotlar, hisobot ma’lumoti, jadvallarni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va boshqalar bo‘yicha bayonnomalardan iborat bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari bo‘yicha tuzilgan ichki yer tuzish loyihalari tuman hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi. Loyihaga o‘zgartirish kiritish, loyihani tasdiqlagan organning roziligi asosida bajariladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling