Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Nazorat uchun savollar:
1. Davlat yer kadastri tushunchasi nimani anglatadi? 2. Davlat yer kadastrining mazmunini nimalar tashkil etadi? 3. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga o’tkazish qachon amalga oshiriladi? 4. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish vakolati qaysi organlarga berilgan? 5. Ro’yxatga oluvchi organlarning vakolatlari nimalardan iborat? 6. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish tartibi qanday? 7. Qanday holatlar huquqlarni ro’yxatga olishni rad etishga sabab bo’ladi? 8. Qanday hujjatlar huquqlarni davlat ro’yxatiga olish uchun asos bo’ladi? 9. Ro’yxatdan o‘tkazilishi lozim bo’lgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning qanday turlari mavjud? 10. Binolar va inshootlar qanday hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? VI BOB. YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISH USTIDAN DAVLAT NAZORATI 6.1§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalarini, shuningdek yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. Unda belgilanishicha “Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iboratdir”[12]. 81 Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. CHunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot olami hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ularni davlat huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi. YUqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yerlarni huquqiy muhofaza qilinishini ta’minlovchi Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini vazifalari muhim ahamiyatga ega. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling