Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Nazorat uchun savollar:
1. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratini amalga oshirishning qanday asosiy vazifalari mavjud? 2. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratini amalga oshirish vakolati kimlarga berilgan? 3. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratini amalga oshirish tartibini yoriting? 4. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorati qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi? VII BOB. YERNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK 7.1§. Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi Respublikamiz aholisining moddiy far ovonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan, mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir. Yerning tabiiy resurs sifatida shunday alohida xususiyati borki, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘linsa va u muhofaza qilinsa tuproqning unumdorligi doimo oshib boradi. Aksincha holatlarda esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qoladi. Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e’tibor qaratishlari lozim. 87 Bugungi kunda respublikamizda agrar munosabatlar sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda atrof-tabiiy muhitni, xususan yer boyliklarini muhofaza qilish muammosiga alohida e’tibor berilmoqda. Buning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksini va boshqa qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlarini ko‘rsatishimiz mumkin, ularda tabiat obyektlari, jumladan yer boyliklarini muhofaza qilishga bag‘ishlangan alohida boblar kiritilgan. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish turli xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya’ni yerni qonunlar yordamida ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan muhofaza qilishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda turli ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo‘lmasin, ularning bajarilishi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishli huquqiy me’yorlarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xaraktyerga ega bo‘lishi bilan ham tushuntirish mumkin. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarining ahamiyati katta bo‘lib, ular yerdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va turli xil g‘ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilab beradi. Qonunchilik hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo‘lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish bilan bog‘liq talablarni belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda esa huquqiy me’yorlar uni muhofaza qiladi. Yerni huquqiy muhofaza qilishning o‘ta muhimligini respublika aholisining yildan-yilga tez o‘sib borishi oqibatida jon boshiga hisoblaganda sug‘oriladigan yer maydonlari kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunonchi, respublikamizda bu ko‘rsatgich 70-yillarda 0,4 gektar, 80-yillarda 0,2 gektardan 88 to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda esa bu ko‘rsatkich yanada pasayib 0,14 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari xalq xo‘jaligining sanoat, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari bilan bog‘liq qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonlari yildan yilga ortib bormoqda. Bu holat ham yerni huquqiy muhofaza qilishni takozo etadi. Yerni huquqiy muhofaza qilish nafaqat yer huquqi me’yorlari bilan balki boshqa huquq me’yorlari bilan ham tartibga solinadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq me’yorlarida fuqarolar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari shartligini o‘rnatadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi). Shuningdek yerlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan qoidalarni “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar, Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda ham ko‘rish mumkin. Yerni huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida so‘z borganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalar farqlanishi kerak. Chunki, yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya’ni yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo‘yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushunilsa, yerni huquqiy muhofaza qilish deganda esa, yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan asossiz ravishda olinishining oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini yaxshilashga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushuniladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling