Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofazaqilish ustidan davlat
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
6.3§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofazaqilish ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish tartibi Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar: a) yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat qilish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tuproq unumdorligini, shuningdek yerlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish; yerlarni suv va shamol yeroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlanishdan, qayta sho‘rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, emirilishning boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish; qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o‘tlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish; agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin bo‘lmasa, unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish; buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini oshirish; yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash; b) suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari uchun yer ajratilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish; v) foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi ustidan nazorat qilish; g) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan: tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish; 85 haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash; meliorativ jihatdan nobop bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni yaxshilash tadbirlari bajarilishini nazorat qilish; d) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘lchash. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda tekshirish; yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida etkazilgan zararni qoplash haqida da’volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga taqdimnomalar yo‘llash va matyeriallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish; yerga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini to‘liq yoki qisman olib qo‘yish to‘g‘risida taqdimnomalar hamda yer uchastkalarining unumsizlanib qolganligini belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Adliya vazirligida 2001 yil 26 aprelda 1029 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 86 Yerga oid qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlarining vakolatli mansabdor shaxslari qonun buzilishining turlarini, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi tufayli etkazilgan zararni, aniq aybdor shaxslarni aniqlaydilar va qonun buzilishi to‘g‘risidagi matyeriallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling