Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Nazorat uchun savollar:
1. Yer tuzish tushunchasi nimani anglatadi? 2. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer tuzish nechta hilga bo‘linadi? 3. Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 4. Xo‘jaliklararo yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 5. Ichki xo‘jalik yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 6. Yer tuzish tadbirlarining bir-biridan farqi nimada? V BOB. DAVLAT YER KADASTRINI YURITISHNING HUQUQIY TARTIBI 5.1§. Davlat yer kadastri tushunchasi “Kadastr» lotincha so‘z bo‘lib, «soliqqa tortiladigan ashyolar ro‘yxati» degan ma’noni anglatadi. Dastlab kadastr yer solig‘i manbaiga doir kitob (restr) sifatida tushunilgan, keyinchalik u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tizimini ifodalaydigan bo‘ldi. Har bir mamlakatda kadastr rivoji o‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi qiziqki, mamlakatimiz hududida o‘tgan asrda shariatda qabul qilingan «temir daftar» tyermini ham kadastr tushunchasiga to‘g‘ri keladi. Davlat yer kadastriga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonuni va 75 boshqa bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasiga binoan davlat yer kadastri davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir. Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilanib turilishini o‘z ichiga oladi. Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish va ularni olib qo‘yishda yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tadbiq etiladi. Yer uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari to‘g‘risidagi kadastr hujjatlarida yer egasining (yerdan foydalanuvchining, mulkdorning) ismi-sharifi, yerning mulk shakli, kadastr raqami, yer uchastkasiga oid huquqning ro‘yxatga olish sanasi, egalik huquqiga oid hujjatlarning berilish sanasi, yer uchastkasidan foydalanish, foydalanishning muddatliligi, yer berilishining maqsad-vazifasi, yer uchastkasi chegarasining burilish nuqtalari o‘rni ko‘rsatilgan sxemasi, yondosh yer uchastkalarining ta’rifi, servitutlar, yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklashlar, yer uchastkasining holatini tavsiflovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, uning iqtisodiy bahosi ko‘rsatiladi. Yer kadastrini yuritish faqat hozirgi lahzaga oid ma’lumotlarni qayd qilishdangina emas, balki yer kadastri ma’lumotlari va axborotlarini uzluksiz yangilab turishdan iboratdir. 76 Yer kadastri ma’lumotlarining katta hajmliligi va turfa xilligi topografo- geodeziya va tuproqqa oid katta hajmdagi turli tekshirish va izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Yer kadastrning barcha bo‘limlarida ma’lumotlar obyektiv va ishonchli bo‘lishi uchun yerning faktik holati va undan foydalanishga mos bo‘lishi kerak. Yer kadastrning ishonchliligi va obyektivligi, yer kadastri ma’lumotlarining zamonaviy darajada bo‘lishi kadastr ishlarining uzluksizligi orqali ta’minlanadi. Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli yer kadastri axboroti berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va muhofaza qilishni, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq to‘lash miqdorlarini asoslash, xo‘jalik faoliyatini baholash uchun mo‘ljalanadi. Qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining xisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat baxosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi 15 . “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonunning 4-moddasida yer kadastrini yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari belgilab berilgan. - mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish; - fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash; - yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi; - yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi. Davlat yer kadastri ma’lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma’lumotlarga bo‘linadi. Dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida olingan ma’lumotlar va davlat yer kadastrining dastlabki ma’lumotlarini tuzish asosiy (dastlabki) axborot hisoblanadi. 15 15 O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonunning 3-moddasi 77 Davlat yer kadastri ma’lumotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki o‘zgartirish jarayonida olingan ma’lumotlar joriy axborot hisoblanadi. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari davlat budjetidan, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olganlik uchun undiriladigan mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling