Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

 
 
Yer qonun 
hujjatlariga 
qarshi hatti-
harakatlar 
tarkibi 
yer uchastkalarini sotib olish va sotish 
sovg‘a qilish, garovga qo‘yish, o‘zboshimchalik bilan 
ayirboshlash 
yerlardan o‘zga maqsadlarda foydalanish 
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish 
yerlarning holatini buzish, ularni kimyoviy va radioaktiv 
moddalar bilan, ishlab chiqarish chiqindilari oqova
suvlar 
bilan ifloslantirish 
yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni 
joylashtirish, qurish, loyihalash

ishga tushirish 
vaqtincha egallab turgan yerni qaytarib berish muddatini 
buzish yoki shu yerlarni belgilangan maqsadda foydalanish 
uchun yaroqli holatga
keltirib berish majburiyatlarini 
bajarmaslik 
yer egaligi va foydalaniladigan yerlar chegaralarining marza 
belgilarnini yo‘q qilib tashlash 
yerlarning davlat ro‘yxati, hisob kitobi va baholanish 
ma’lumotlarini soxtalashtirish 
yovvoyi o‘tlarga qarshi kurash choralarini
ko‘rmaslik 
yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish
tuproqni shamol, suv ta’sirida nurashdan saqlash 
majburiyatlarini bajarmaslik va boshqalar 


94 
tomonidan yer qonunchiligini buzgan qonunbuzarni ma’muriy jazoga tortish bo‘yicha 
yo‘riqnoma”ga asosan davlat qo‘mitasining mansabdor shaxsi yerdan foydalanish va 
uni muhofazalash ustidan davlat nazoratini davlat boshqaruvining maxalliy organlari, 
sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa organlar hamkorligida amalga oshiradilar. 
Yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini o‘tkazish 
uchun huquqiy guvoxlik beruvchi hujjatlarda yoki tuman (shahar) yer kadastri 
kitobida kimga tegishliligi yozib qo‘yilgan yer uchastkalari yoki uning bir qismi, u 
qaysi idoraga bo‘ysinishidan va qanday shakldagi mulk bo‘lishidan qat’iy nazar 
obyekt hisoblanadi.
Yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini o‘tkazish 
subyekti-o‘z egaligida, foydalanishida, ijarasida hamda xususiy mulkida yer 
uchastkasi mavjud bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, maxsus rejimda 
hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxona va boshqalar hisoblanadi. 
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” kodeksga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining organlari quyidagi qonunbuzarlik 
holatlari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadilar: 

yerlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish; 

yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish; 

yerlarni yaroqsiz holga tushirish; 

bino va inshoatlar qurish vaqtida tuproqning unumdor qatlamini qirqib 
olmaslik; 

hosildorlikning pasayib ketishi va tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib 
ketishiga sabab bo‘ladigan harakatlarni sodir etish; 

loyiha hujjatlaridan ruxsat bo‘lmay turib o‘zboshimchalik bilan chetga 
chiqish; 

davlat yer kadastrini yuritish qoidalarini buzish; 

yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish; 

yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish; 


95 

tegishli vakolatli organlar bilan kelishmay turib yerlarning holatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni 
foydalanishga topshirish; 

ajratib berilgan yerlarning marza belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish: 

yer berish tartibini buzish. 
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” kodeksning 266
1
- moddasiga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
davlat qo‘mitasining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 
ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga 
quyidagilar haqlidirlar: 

O‘zbekiston Respublikasi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni 
nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar)lar yerlaridan 
foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari. 
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, shu 
ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs huquqbuzarni ma’muriy 
javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Yer 
qonunchiligi buzilganligini bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish ogohlantirish xati 
shaklida bo‘ladi. 
Yerdan xo‘jasizlarcha foydalanib ularni yaroqsiz holga tushirish, bino va 
inshoatlar qurish vaqtida tuproqning unumdor qatlamini olmaslik, yerlardan boshqa 
maqsadlarda foydalanish, hosildorlikning pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q 
bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladigan qonunbuzilishlar sodir etilganda “Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risida kodeksi”ning quyidagi belgilangan moddalari bilan ma’muriy 
javobgarlikka tortiladilar: 
Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor 
qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni 
foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q 
bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga 
yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini 


96 
buzish, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab 
chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda 
oqova suvlar bilan ifloslantirish, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan 
uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi 
yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, 
jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik 
qilish, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni 
o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni 
bajarmaslik, eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib 
chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni 
joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer 
kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni 
buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish,
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor 
shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab 
bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan 
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining 
bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


97 
Egalikdagi va foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, o‘rmonlardagi 
cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, fuqarolarga eng kam ish haqining 
bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik 
bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar 
ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir 
etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling