Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§.Yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
7.4§.Yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Yer, suv va boshqa tabiiy resurslarning muhofazasi huquqning asosiy vazifalariga kiradi. Huquq me’yorlari yerdan foydalanish qoidalarini, ya’ni tabiiy muhit va uning boyliklarini saqlash va muhofaza qilish kabi konstitutsiyaviy 92 majburiyatini ijro etganda fuqaro yoki mansabdor shaxs qanday harakatlarni sodir etish mumkinligi yoki lozimligi haqida ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi. Ushbu qoidalarga rioya etilishini davlat majburlovchi choralari va ular ichida muhim o‘rin egallaydigan ma’muriy javobgarlik me’yorlari bilan ta’minlanadi. Ma’muriy javobgarlik huquqiy javobgarlikning mustaqil turi bo‘lib, vakolatli organ tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanishida ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik haqidagi harakatdagi qonun bo‘yicha yer haqidagi qonunni buzganlik uchun faqatgina jarima shaklida ma’muriy jazo nazarda tutilgan, u esa ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan, davom etayotgan huquqbuzarlik aniqlangan vaqtiga tasdiqlangan eng kam ish haqining miqdori bilan o‘lchanadi. Ma’muriy jazoning qo‘llanilishi sudlanganlik va ishdan bo’shatishga olib kelmaydi. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxs belgilangan muddatda ma’muriy tartibda jazolangan xisoblanadi. Shunday qilib, MJTKning 37-moddasiga muvofiq, agar ma’muriy jazo qo‘llangan shaxs jazoning ijro etilgan kundan boshlab bir yil ichida yangi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etmasa, u ma’muriy jazoga tortilmagan deb xisoblanadi 16 . Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi deganda MJTK bilan belgilangan, ularning majburligi ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan alomatlarning (elementlarining) yig‘indisi tushuniladi. Yuridik adabiyotlarda ba’zan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi tushunchasi ma’muriy huquqbuzarlikning alomatlari bilan almashtiriladi. Masalan, ta’kidlanadiki, ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – bu huquqda belgilangan ularning mavjudligida jamoaga qarshi bo‘lgan qilmish ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadigan alomatlarning yig‘indisidir. Ammo, bu amal qilib turuvchi qonun me’yorlariga mos kelmaydi. Hususan, MJTKga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmaganligi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarga kiradi. (271-moddaning 2-bandi). Gap shaxsning aqli norasoligi haqida ketganda, ma’muriy huquqbuzarlik emas, balki g‘ayriqonuniy harakat yoki yoki harakatsizlik (271-moddaning 3-bandi.) sodir etilishi nazarda tutiladi, chunki aqli norasolikda 16 O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksi. 37- modda-T.: Adolat. 2005. 93 (MJTKning 20-moddasi) istisno etiladigan yuridik tarkibning alomati bo‘lishida ayblik zaruriy hisoblanadi. 3-rasm. Yer qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi “Davyergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining 2009 yil 3 martdagi 24-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling