Mexatronika tizimlari yuritmalari Mexatronika elektryuritmalari
Download 1.04 Mb.
|
Mexatronika tizimlari yuritmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexatronika tizimlarda qo’llaniladigan yuritmalar
Mexatronika tizimlari yuritmalari Mexatronika elektryuritmalari Reja: Mexatronika tizimlarda qo’llaniladigan yuritmalar. Elektr yuritmalar. Elektrdvigatel quvvatini hisoblash. Mexatronika tizimlarda qo’llaniladigan yuritmalar Yuritma, asosan dvigatel, harakatni o`zgartiruvchi va uzatuvchi mexainzmlar hamda uni boshqaruvchi qurilmadan tuzilgan. Yuritmalarni mexatron tizimlarning “muskuli” deyish mumkin. Ular boshqarish komandalarini (asosan elektr signallarni) boshqaruv qurilmasidan olib, fizik qismida o`zgartirish kiritadilar va ishchi organda kuch va harakat hosil qiladilar. Harakatni o`zgartiruvchi va uzatuvchi mexainzmlar dvigatel va ishchi organ orasidagi interfeys sifatida amal qiladi. Ular tarkibiga reduktorlar, tishli, tasmali, reykali va h.k. uzatmalar, tormozlar va muftalar kiradi. MT lar kuchli modullarida barcha mavjud yuritmalar amalda qo’llaniladi: elektrik; gidravlik; pnevmatik; p‘yezoelektrik; kombinatsiyalashgan (elektrgidravlik, elektrpnevmatik va h.k.). MTlarda qo`llaniladigan yuritmalarga maxsus talablar qo`yiladi: • ular massasi va gabarit o`lchamlari minimal bo`lishi; • tezharakatchan va aniq ishlashi; • turg’un bo`lmagan rejimda ishlashiga qaramay o`tish jarayonlari amalda tebranishsiz bo`lishi; • ishonchli, arzon va ishlatishga qulay bo`lishi kerak. Gabarit o`lchamlarini kichik bo`lishi ularni manipulyator va boshqa harakat tizimlari tarkibida bo`lishidan kelib chiqadi. Harakatning aniqlik darajasi yuritmalarning chiqish vallarida tezlik bir necha ulushdan bir necha m/s bo`lishiga qaramay bir necha millimetr ulushiga teng bo`lishi kerak. Bunday yuritmalar ilgarilanma yoki aylanma harakatlanuvchi, rostlanuvchi va rostlanmaydigan, yopiq (teskari aloqali) va ochiq, uzluzsiz yoki diskret harakatlanuvchi bo`lishi mumkin. 5.1-rasmda manipulyator yuritmasining tipik sxemasi keltirilgan. Bu sxemada holat haqidagi axborotni yetkazish bilan birga tezlik haqidagi tesqari aloqalar ham mavjud. Boshqarish qurilmasi releli, impulsli va raqamli bo`lishi mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling