Meyliyeva kumush-oyning
Download 203.54 Kb.
|
Meyliyeva Kumush1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- I.BOB. C dasturlash tili C dasturlash tili tarixi
Kurs ishining dolzarbligi:C# dasturlash tili obyektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Juda ko’p murakkab masalalarni hal qilishda albatta bu dasturlash tilidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Kurs ishining maqsadi: Microsoft Visual Studio 2022 muhitida C# dasturlash tilida, ”Talabalarning o’zlashtirish tizimini yaratish” va ular ustida bajariladigan amallarni misollar yordamida yoritib berish. Kurs ishining vazifasi: C# dasturlash tilida, “Talabalarning o’zlashtirish tizimini yaratish”. Obyektga mo’ljallangan dasturlash tilining imkoniyatlarini ko’rsatish. Kurs ishining predmeti: C# dasturlash tili operatorlari, “Talabalarning o’zlashtirish tizimini yaratish”. Microsoft Visual Studio 2022 muhiti. Kurs ishining obyekti. Microsoft Visual Studio 2022 muhiti, C# dasturlash tili. Zamonaviy kompyuter. Kurs ishining amaliy ahamiyati: C# dasturlash tilida “Talabalarning o’zlashtirish tizimini tashkil” etish va undan o’quv jarayonida foydalanish ahamiyatga ega. Kurs ishimizning metodlari: mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish, tahlil etish hamda umumlashtirish. Kurs ishimizning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish qismi, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, betda bayon qilingan. I.BOB. C# dasturlash tili C# dasturlash tili tarixi C# dasturlash tilining evolyutsiyasi:ALGO-BCPL-B-TraditionC-K&R C-ANSI C- ANSI/ISO C99. C# dasturlash tili Bell labaratoriyasida 1972-yilda Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan. C# dasturlash tili kompyuter dasturlash tillari tarixida eng ko`p vaqt foydalanilgan til hisoblanadi. C# dasturlash tilida 45 ta operator bo`lib ular 8 ta guruhga bo`linadi. C# dasturlash tilida 2 xil konstanta bor. Bular: Primary va Secondary constant. C# dasturlash tili obyektga yo`naltirilgan dasturlash tili bo`lmaganligi uchun Vorislik va Polimforfizm tushunchalari yoq . C# dasturlash tili ko`plab boshqa dasturlash tillarining asosi hisoblanadi. Misol uchun C++, Java, Java Script, Go, Rust,Limbo, LPC, C#, PHP, Python, Perl, Verilog va C-shell shular jumlasidan. [1] Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga meros qilib oladi, yaʼni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi). [10] C# ning kelib chiqishi 2000-yillarga borib taqaladi. O’sha yillarda Microsoft ushbu dasturlash tilini o’zlari uchun yaratishdi. Dastlab C#, JavaScript bilan raqobatlashayotgan Java tillariga javob sifatida, ya’ni Microsoftning talabiga Java javob bera olamgani tufayli Microsoft Visual Studio 2002 bilan birglikda ishlab chiqilgan til edi. C# va Java ham dastlabki davrlardan tan olinishi uchun raqobatlashayotgan edi. Darhaqiqat, bu ikkisi bir biridan ancha ko’chirmachiliklar qildi, toki C# boshqa yo’nalishga o’tmaguniga qadar. Shundan so’ng C# kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqarish bo’yicha xalqaro standart sifatida tasdiqlandi va umumiy til infrastrukturasi bilan ishlatiladi. [11] C# ning juda ko’p versiyalari mavjud, ularning barchasi dasturiy ta’minotga yanada ko’proq yangilanishlar kiritdi 1-versiya oddiy, ko’p maqsadli umumiy dasturlash tili sifatida ishlab chiqarilgan. 2-versiya 2005-yilda ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o’zida ma’lumotlarning katta qismini ko’rib chiqishga imkon beruvchi iteratorlardan foydalanish imkoniyatlarini o’z ichiga oldi. 3-versiya 2007-yilda ishlab chiqilgan. Yangi iboralar (kodlar) yaratildi; Aynan ushbu versiyasidan boshlab C# Java tiliga qaraganda trendda yuqori o’rinlarni egallay boshladi. 4-versiya 2010-yilda ishlab chiqildi. Mutaxassislar Interlop turlarini va dinamik kalit so’zlari yaratdi va boshqa tillarda bo’lmagan nafislikni berdi. 5-versiya 2012-yilda ishlab chiqilgan. Asinkronizatsiyalash imkoniyati paydo bo'ldi. 6-versiya 2013-yilda ishlab chiqarilgan. Yangi filtrlar va initsializatorni taqdim etdi Kod yozish avvalgidan ham osonlashdi. 7-versiya 2017-yilda ishlab chiqarilgan. Yangidan yangi imkoniyatlar, xususan .NET Core va operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’ldi. [6] Download 203.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling