Me’yor tushunchasi


Download 0.62 Mb.
bet51/55
Sana29.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1140360
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
akademik yozuv uchun

Taqrizning turlari. Bular adabiy-badiiy taqriz, teatr taqrizi, kinossenariy taqrizlar shuningdek, janrlar orasida ham turlari mavjud. Masalan, taqriz-maqola, taqriz-ocherk, taqriz-reportaj va h.k.
Ammo qaysi taqriz turini olib qaramang ularga taalluqli bo‘lgan umumiy talabalar mavjud.
Taqrizning asosini, tadqiq qilayotgan asarning tahlili tashkil etadi. Imkon qadar shu tahlil har tomonlama bo‘lishi kerak. Aytaylik, biror film haqida taqriz yozganda, taqrizchi butun e’tiborni filmni ssenariysiga qaratib, uning mukammal chiqqani filmning qimmatini belgilanganini aytish filmning qimmatini belgilanganini aytish noto‘g‘ri. Bu erda rejissura, ijrochilik mahorati, kostyumlarning tanlanishi, musiqaning mos tushganligi–shularning bari bir butunligining uyg‘unligi filmni muvaffaqiyatini ta’minlanganini taqrizchi batafsil ko‘rsatib berish kerak.
Taqrizchi ko‘pincha, badiiy asarlarga taqriz yozganda, uning mazmunini o‘quvchiga hikoya qilish bilan cheklanib qoladi. Bu ham noto‘g‘ri. Aslida taqrizchi asarda aks etgan ijtimoiy hayotda yoki adabiyotdagi, san’at orasidagi yangilik uchragan biror yangi hodisa bilaen tanishishi kerak.
Taqrizchi yozmoqchi bo‘lgan taqrizida asar haqida aytmoqchi bo‘lgan fikrida o‘zining aniq pozitsiyasini bilib olishi kerak. Agar asarning to‘g‘ri kelgan joyida olib, tahlil qilishga harakat qilsa, u o‘quvchini o‘z qarashlariga, bergan bahosining to‘g‘ri ekanligiga ishontira olmaydi. Taqrizchining vazifasi o‘zi tushunarsiz narsani tushuntirish, noaniq narsani aniqlashtish, murakkab narsani soddalashtirishdir.
Ko‘p hollarda taqriz yozayotgan tanqidchi publitsistik asarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qiladi.
Taqriz ustida ishlash va tahlil qilish. Taqriz yozish tahlil qilmoqchi bo‘lgan obyektni to‘g‘ri tanlay bilishdan boshlanadi. Ob’ekt tanlanganidan keyin uni tahlil qilish uchun zarur manbalar yig‘iladi. Ana shu tayyorgarlik jarayoni taqrizni muvaffaqiyatli chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: teatr tanqidchilari taqriz yozish uchun e’tiborni asarning o‘ziga qaratadi. Haqiqatda esa teatrga borib spektaklni ko‘rish kerak, hatto repititsiyalarni kuzatish zarur.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling