Me’yor tushunchasi
O’zbek tilining izohli lug’ati. 2008 yil. 4-tom.73-74-betlar
Download 0.62 Mb.
|
akademik yozuv uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atamashunos
O’zbek tilining izohli lug’ati. 2008 yil. 4-tom.73-74-betlar.
Atama 1 ayn. termin. 2. Umuman, nom. Pekin shamanni har bir xalk o’z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelgan. «Fan va turmush». Respublikamizning o’zidagina 400 dan ortiq turli-tuman qovun atamalari mavjud ekan. «Fan va turmush». Atamashunos- Atamalar bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Atamashunoslik -Atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar bilan shug’ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda Atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Gazetadan. O’zbek tilining izohli lug’ati. 2006 yil. 4-tom.113-bet. Terminga qo’yiladigan me’yoriy talablar dastlab terminologiya maktabi asoschisi D.S.Lotte tomonidan ishlab chiqilgan. Bu talablar quyidagilardir: 1. T i z i m l i l i k: har qanday termin muayyan terminologik tizimning bir bo’lagi. Aynan shu xususiyat uni termin maqomiga ko’taradi. Terminotizim esa ikki xil tizimlilikka ega – mantiqiy tizimlilik va limsoniy tizimlilik [Bu haqda qarang: Leychik, 15-16]. 2. B i r m a ‘ n o l i l i k: termin faqat bir ilmiy yoki texnik tushunchani ifodalashi va bir tushuncha faqat bir terminga mos bo’lishi kerak. Termin ma’nosining kontekstga qarab turlanib turishi, D.S.Lottega ko’ra, terminologiyaning eng jiddiy kamchiliklaridan biridir. 3. Q i s q a l i k (lo’ndalik, ixchamlik): terminning qisqa varianti – bu funksional nuqtai nazardan terminga teng shakl. Uni erkin va ixtiyoriy shakl qo’llashning imkoni yo’q. 4. A n i q l i l i k: ilmiy tushuncha aniq chegaraga ega va bu chegara uning ta’rifida o’z ifodasini topadi. Terminning aniqligi deganda uning ta’rifida berilgan tushunchaga xos barcha belgilarning mavjudligi tushuniladi. 5. L i s o n i y a s o s: o’z yoki o’zga til asosida yasalgan terminlardan birini tanlash lozim bo’lganda, albatta, o’z termindan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki o’zlashma terminlarni ko’p va asossiz ravishda qo’llash muqarrar ravishda terminologiyaning umumxalq tilidan ajralib va nomutaxassislarga tushunarsiz bo’lib qolishiga olib keladi [Qarang: Volkova, 75]. Yuqorida bayon qilinganlar quyidagi xulosalarga olib keladi: 1. Termin – u yoki bu so’z yoki so’z birikmasining ilm-fan tilida kasb etadigan funksiyasidir. Shuning uchun terminni noterminga qarama-qarshi qo’yish yo’li bilan ularni ta’riflashga harakat qilish besamar usul hisoblanadi. 2. So’z va so’z birikmasi narsa-hodisaning umumiy va xususiy nomi bo’lsa, termin tushunchaning nomidir. 3. Termin, hyech bo’lmaganda, bir soha doirasida faqat bitta ma’noni anglatishi, aniq, qisqa, tushunarli, tizimli va asoslangan bo’lishi kerak. 4. Termin yasashda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish eng muqobil va to’g’ri yo’l sanaladi. Aks holda, har qanday terminotizim umumadabiy til me’yorlaridan uzoqlashadi va pirovard natijada nafaqat oddiy o’quvchiga, shuningdek, mutaxassislarga ham tushunarsiz bo’lib qoladi, tilning tozaligi tamoyiliga jiddiy putur yetkazadi. 5. Bizda umumiy terminologiyaga qaraganda, sohaviy terminologiya ko’proq o’rganilgan. Shuning uchun terminologiyaga doir nazariy bilimlarimiz sayoz. 6. Terminologiya va nomenklatura, ularning umumiy va xususiy tomonlari tahliliga bag’ishlangan tadqiqotlar yo’q hisobi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling