“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha va ish uning turkumlanishi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

6.1. Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha va ish uning turkumlanishi 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114- “Ish vaqti tushunchasi 
moddasida”, “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi 
shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarish lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti 
hisoblanadi” deb yozilgan. Undan tashqari shu yuqorida ko‘rsatilgan. Mehnat 
kodeksining115 -” Ish vaqtini normal muddati moddasida “Xodim uchun ish 
vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas” deb 
ham ko‘rsatilgan. Shu moddada “Olti kunlik ish haftasida har kunlik ishning 
muddati etti soatdan ortib ketmasligi lozim” deb ham ko‘rsatilgan. Shunday ekan, 
ish vaqti deganimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat tomonidan qonun bilan 
belgilangan ma’lum vaqt birligi tushuniladi. Bu vaqtda korxona va tashkilotlarda 


45 
xodimlar o‘zlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda 
muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun me’yorini belgilash kerak, buning 
uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilishini o‘rganish va aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Ish joylarida ish vaqti ko‘p yo‘nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning 
ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo‘ladi. Foydali sarflar juda murakkab 
strukturaga ega bo‘lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga 
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ish vaqtining bekor ketishiga ham turli sabablar bo‘ladi, 
ularni bartaraf qilishga alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Korxonalarda jami ish 
vaqti fondi to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish muxandis-texnik xodimlar va 
xizmatchilarning eng muhim vazifalaridan biridir. 
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta ishchining soat hisobida 
muayyan vaqt (smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana 
shu ishlab chiqarishda ishlayotgan hamma xodimlarning soniga ko‘paytirish yo‘li 
bilan aniqlash tushunaladi. 
Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun barcha ish vaqti, ya’ni ish kuni 
(ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish 
topshirig‘ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda ishchi u yoki bu 
sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish bilan band bo‘lmagan 
tanaffus vaqtlariga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarishda buni kuzatayotgan xodimning ish vaqtini hamda 
jihozlarni ishlab turishini o‘rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi 
ijrochining ish bilan band bo‘lgan vaqti bilan jihozning bekor turib qolgan vaqtini 
yoki buning aksini o‘z ichiga olganligi uchun vaqt sarfini ham ishchiga nisbatan, 
ham jihozga nisbatan klassifikatsiyalarga bo‘lib, alohida qarab chiqishi kerak. 
Buni quyidagi sxemalarda ham ko‘rib chiqish mumkin. 
Xodimning ish vaqti (1-chizmada) hamda jihozlardan foydalanish vaqti (2-
chizmada) bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun bu ikkala 
klassifikatsiya uchun umumiy bo‘lgan terminalogiyani, ya’ni vaqt sarfi degan 
terminni ishlatish mumkin. 


46 
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga 
bo‘linadi. Ish vaqti o‘z navbatida ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun 
sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig‘ini ko‘zda tutilmagan ishlarni 
bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash 
uchun texnologik jarayonda ko‘zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish 
vaqti bilan bog‘liqdir. Bu xildagi vaqtMe’yor belgilanishi lozim bo‘lgan vaqt 
bo‘lib, u Vaqt me’yori tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish 
uchun kerakli vaqt unumli ish vaqtiga kiradi. 
Ishlab chiqarish topshirig‘ida ko‘zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish 
vaqtiga va unumsiz ish vaqtiga bo‘linadi. 
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig‘ida 
ko‘zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo‘lib qolgan ishlar 
kiradi. 
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko‘zda tutilmagan, ammo uning 
bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yoki uning sifatini 
yaxshilashga xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli 
zagatovkalarda ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan oldingi 
operatsiyalarda yo‘l qo‘yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo‘lgan 
braklarni tuzatish noto‘g‘ri yig‘ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig‘ish, ishchining 
zagatovkani, asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k. 
ana shunday unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig‘i bilan 
nazarda tutilmagan ishlarga sarflanmaydgan vaqt normallashtirilmaydigan ish 
bo‘lib, unga me’yor belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi. 
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo‘sh turib 
qolishidir. Uni normallashtirilgan tanaffuslarga va normmallashtirilmagan 
tanaffuslarga bo‘linadi.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab 


47 
chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy 
ehtiyojlari tufayli jihozlarni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffuslardir. 
Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli 
yoki xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay 
bo‘sh turib qolgan vaqtini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga 
jihozlarni amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida 
shartlab qo‘yilmagan butun bo‘sh turib qolgan vaqti kiradi. 
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ichida 
tanaffuslar sodir bo‘lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan 
barvaqt ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish 
ketayotgan paytda ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish, 
normada ko‘rsatilgandan ortiq dam olib o‘tirish va h.k. kiradi. 
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini bir ko‘rib chiqqan klasifikatsiya 
doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo‘lish 
mumkin. 
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga Me’yor bilan belgilangan doirada 
topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-
yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, dam olish va 
shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni 
tashkil qilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffus vaqtlari kiradi. 
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo‘sh 
turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt me’yori tarkibiga 
kiritilmasligi turgan gap. 
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish vaqtini normallashtiriladi 
va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo‘lishdan maqsad ularni qanchalik unumli 
ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga 
keltiradigan sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko‘p bo‘lganligi uchun 
ularni bir-biriga yaxshiroq, o‘xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish 
hamda har bir kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq tariflab berish kerak bo‘ladi. 
Foydali sarf qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. 


48 
Ulardan ba’zilari normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o‘zining tutgan 
o‘rnidan, ya’ni salmog‘idan qat’iy nazar foydali bo‘ladi. Shuning uchun ham 
ularning salmog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha 
yuqori bo‘ladi, jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi. 
Ba’zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko‘payib 
ketishi mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib 
yuborishi mumkin. 
Ba’zan bu xildagi vaqt sarfiga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi, bunga sabab 
jihozlarning texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil 
qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo‘ladi yoki bo‘lmasa bunga kishi 
organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo‘ladi. 
Demak, bunday sarflarni cheklab qo‘yish ishchining mehnat samaradorligini 
oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun 
ish vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini shunday 
kategoriyalarga, ya’ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat 
ko‘rsatish, texnikaviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, reglamentga solingan dam 
olish va tanaffus vaqtlariga bo‘lishni taqazo qiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling