“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

 
7-MAVZU
ISH VAQTINI KUZATISH TURLARI VA USLUBLARI 
REJA: 
7.1. 
Ish 
vaqtidan 
foydalanishni 
kuzatishning 
asosiy 
mohiyati 
va 
maqsadi.Kuzatish bosqichlari 
7.2. Kuzatish asboblari 
Tayanch so’z va iboralar: ish vaqtini kuzatish maqsadi, mohiyati, 
ahamiyati, kuzatish bosqichlari: tayyorgarlik bosqichi, qayd qilish bosqichi, 
kuzatish usullari, uzluksiz kuzatish, tanlanma kuzatish, kuzatish asboblari. 
 
7.1. Ish vaqtidan foydalanishni kuzatishning asosiy mohiyati va maqsadi. 
Kuzatish bosqichlari 
Ish vaqtidan foydalanish bevosita ish joyida kuzatish usuli mehnatni 
normallashda keng qo‘llaniladi. Bunday kuzatishdan maqsad ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va ilg‘or tajribani o‘rganish vaqtni normal bajarilmasligining 
4
В.П. Пашуто «Организация, нормирование и оплата труда на предприятиях»(учебно практическое 
пособие) М.: Кнорус 2005 126-128стр



55 
sabablarini aniqlash, mehnat jarayonini rayionallashtirish va ish vaqtining zoe 
ketgan sabablarini izlashdan iboratdir. 
Kuzatilgan 
maqsadga 
qarab 
kuzatishning 
xronometraj 
ish 
vaqti 
fotografiyasi, fotoxronometraj va kino ossilografiyasi hamda momentli linzali 
kuzatish turlari mavjuddir. 
Xronometraj - bu ish usullari yoki operatsiyasini elementlari qancha davom 
etishini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o‘tkazishdir. 
Ish vaqti fotografiyasi - bu ish smenasida yoki smenaning bir qismi 
mobaynidagi vaqt sarfining hammasini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida 
kuzatish o‘tkazishdir. 
Ayrim hollarda ish smenasining bir qismida xronometraj o‘tkazib, keyin esa 
ish vaqtini fotografiya qilishgani yaxshi chiqadi. Bunday aralash kuzatish 
fotoxronometraj deb ataladi. 
Kuzatishlar mahsus xujjat bilan - xronometraj xronokarta, ish vaqti 
fotografiyasi esa fotokarta ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. Kuzatish natijalari 
mahsus varaqalarga-kuzatish varaqlariga yoziladi. 
Har qanday turdagi kuzatishning uchta: tayyorgarlik, qayd qilish va 
natijalarni ishlash bosqichlariga bo‘lish mumkin. 
Tayyorgarlik bosqichida, odatda kuzatish ob’yekti tanlanadi, kuzatuvchi 
o‘zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va 
nihoyat, kuzatish ob’yekti to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar kuzatish varaqasiga 
yoziladi. 
Mehnat me’yorlarini hisoblashda foydalaniladigan normal vaqt sarfi 
me’yorlari ning progressiv bo‘lishini mehnat va uskunalar ish unumi o‘sishini 
rag‘batlantirish kerak. Shu sababli normativlar ishlab chiqish uchun professional 
bilimi va ko‘nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini 
biladigan va muntazam oshirib bajarayotgan ijrochilarning kuzatish kerakdir. 
Ravshanki, bunday ijrochilarning ko‘rsatkichlari o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 
yuqori bo‘lishi kerak. Muayyan sanoat tarmog‘i korxonalarida keng foydalanish 
uchun vaqt normativlarning ishlab chiqayotgan ish usullarining davom etishiga 


56 
ta’sir qiladigan omillar chegarasini va ishlatish sharoitlarini aniq belgilab berish 
maqsadida bunday omillarni analiz qilish muhim muammodir. Masalan, 
stanoklardagi stanok tipi, priborlar soni, ularning rangi - ish usullari davom etish 
vaqtining omillari bo‘lib xizmat qiladi. Davom etish vaqtining alohida omillarini 
aniqlash uchun ish usulining mazmunini bu usulning texnologik jarayoni 
xususiyatlaridan kelib chiqqan hamma omil va harakatlarini analiz qilish kerak 
bo‘ladi. 
Eng oqilona ish usullarini va ish uslublarini tanlab olish uchun ishlab 
chiqarish ilg‘orlari va novatorlarini kuzatish kerak, qoloqlar va normani 
bajarayotganlar ishini o‘rganish esa ish vaqti isrof bo‘layotgani sababini aniqlashga 
yordam beradi. 
Kuzatish ob’yekti kutilgan maqsadlarga muvofiq ana shunday tanlanadi. 
Kuzatishdan ko‘zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish 
uslubikasi hakida kuzatuvchiga oldindan instruktsiya berilishi, u kuzatish ob’yekti 
bilan tanishtirib qo‘yilishi kerak, normal vaqt sarfi haqida ma’lumot olish uchun 
ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xududi shu ishning yoki operatsiyaning 
bajarilish loyihasiga batamom mos holda keltirilishi kerak. 
Kuzatishdan maqsad ilg‘orlar tajribasini yoki qoloqlik sabablarini 
o‘rganishdan iborat bo‘lsa, ish joyi o‘zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy 
xususiyatlarining hammasi kuzatish jarayonida qayd qilib boriladi. 
Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o‘tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy 
sharoitlar, shu jumladan ish usulini davom etish vaqti omillarini ham tafsilotini 
yozish bilan tugallanadi. Tafsilot pirovard natijalarni harakteri, bu natijalar qanday 
sharoitda olinishi haqida aniq tasavvur hosil qiladigan bo‘lishi kerak. Sharoit 
tafsiloti quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
a) ijrochining ishlab chiqarish harakteristikasiga (ixtisosi, staji, yoshi, me’yorlarni 
bajarish darajasi); 
b) bajariladigan ishning yoki operatsiyaning harakteristikasi (bajariladigan ishning 
nimaga mo‘ljallangan ekani, artikuli); 
v) uskunalarning harakteristikasi (mashinaning tipi, ish organlarining soni); 


57 
g) texnologik jarayonning harakteristikasi (tezliklar); 
d) ish joyini tashkil etish harakteristikasi (qanday rejalanganligi, asbob va 
moslamalar bilan jihozlanganligi); 
e) mehnat qilish tevarak-atrof muhitining harakteristikasi (temperaturasi, namlik, 
yoritilganligi); 
j) yana boshqa tashkiliy shartlarning harakteristikasi (xizmat ko‘rsatish zonasi, 
o‘zaro yordam va boshqalar). 
Kuzatish ob’yektining tafsiloti odatda ma’lum formada bo‘ladigan kartaning 
o‘ng tomoniga yoziladi. 
Qayd qilish bosqichi - bu kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir 
bo‘layotgan hodisalarni ro‘yxatga olishdan iborat. Kuzatuvchi tafsilot yozishga 
minimum vaqt sarflab protsess elementlarni mazmuniga va vaqtni aniq o‘lchab 
borishga maksimum e’tibor berilishini nazarda tutish kerak. Buning uchun 
kuzatuvchi kuzatish varaqasi hamda vaqt o‘lchash pribori mahkamlab qo‘yilgan 
mahsus planshet bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yana shu maqsadda 
hodisalarning to‘la nomlari o‘rniga, ayniqsa ular kuzatish mobaynida ko‘p marta 
takrorlanadigan bo‘lsa, shartli indekslar yozib borilishi ma’qul. Kuzatishdan 
maqsad nimaligiga qarab qayd qilish uzluksiz va tanama bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan 
vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. 
Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan 
vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. Masalan, ijrochining foydali ish bilan bandlik 
darajasini aniqlash uchun vaqt sarflarini hammasini ularning nimaga 
mo‘ljallanganligiga muvofiq o‘lchash, ya’ni uzluksiz qayd qilish kerak bo‘ladi. 
Biror bir ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan 
bir nechtasini o‘lchash, ya’ni tanlama qayd qilish kerak bo‘ladi. 
Mehnat jarayonidagi alohida eelementlarning bajarilishi vaqtini o‘lchash 
uchun kuzatuvchi, ulardan har birining aniq mazmunini va ular orasidagi 
chegaralarni aniq bilish kerak. Jarayondagi har bir elementning boshlanish va 
tugash paytlarini bildiruvchi tashqari alomatlar qayd nuqtalari deb ataladi. Qayd 


58 
nuqtalari har qanday o‘lchash usulida ham ish vaqtining hammasi hisobiga 
olinadigan qilib tanlanishi kerak. 
Joriy vaqt bo‘yicha uzluksiz qayd qilish bu talabga eng yaxshi javob bera 
oladi. Bu usul jarayondagi oldingi elementning tugashi, qayd nuqtasi undan 
keyingi elementning boshlanishi, qayd nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bunda qayd 
qilish mobaynida ish vaqti uzluksiz hisobga olib boriladi. Tanlab qayd qilishda har 
qaysi elementga ikkitadan boshlanish va tugatish qayd nuqtalarini belgilab olish 
kerak. 
Bunda vaqt alohida sanash usulida o‘lchanadi. Ish usullarining qayd 
nuqtalari sifatida usul boshidagi birinchi hakarakatning boshlanish payti va usulni 
aniqlovchi oxirgi harakatning tugallanish payti olinadi. 
Agar ishchi bitta mashinaga xizmat ko‘rsatsa, unda mashinaning har qanday 
talabi bilan to‘xtash paytini qayd nuqtasi mashina yoniga kelib to‘xtagan payt, 
mashinaning to‘xtash oxirgi qayd nuqtasi hamma hollarda ham mashina ishga 
tushirib yuborilgan payt bo‘ladi. 
Alohida sanash usulida tanlab qayd qilish, odatda, alohida ish usullari 
orasida albatta bo‘ladigan pauzalarni hisobga olmaydi. Qayd qilishning umumiy 
davom etishi va qayd qilish vaqti kuzatishdan kuzlagan maqsadga qat’iyan 
muvofiq tanlanishi kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobilyati dinamikasi, 
kunduzgi va kechki ishlash xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Mehnat jarayonini 
harakterlaydigan yakuniy o‘rtacha ma’lumotlar qanchalik aniq bo‘lishi talab 
qilinishiga qarab vaqt necha marta o’lchanishi topib olinadi. 
Natijalarni qayta ishlash bosqichi kuzatuvchi maqsadlariga mos hisoblashlar 
yo‘li bilan qayd qilish natijalarini aniqlashdan va ularni analiz qilishdan iborat 
bo‘ladi. 
Yakunlashda kuzatuvchidan olingan ma’lumotlardan foydalanish yuzasidan 
takliflar belgilab chiqiladi. Natijalarni qayta ishlash usullari nixoyatda xilma-xil 
bo‘lib kuzatish maqsadlariga batamom bog‘liq bo‘ladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling