“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Nazorat uchun savollar: 
1. Ish vaqtini kuzatishdan maqsad nima hamda ishlab chiqarish korxonalarida ish 
vaqtini kuzatishning qanday turlaridan ko‘proq foydalaniladi? 
2. Kuzatish bosqichlarida qaysi bosqich ko‘proq e’tiborni jalb qiladi? 
3. Kuzatish asboblariga qanday asboblaro kiradi? 
4. Xronometraj mohiyati? 
5. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati? 
6. Qayd qilish bosqichi qanday tartibda olib boriladi? 
7. Uzluksiz qayd qilish mohiyati? 
8. Tanlama qayd qilish mohiyati? 
9. Kuzatish natijalari qanday xujjatlarga rasmiylashtiriladi? 
10. Ish vaqtidan oqilona foydalanishning mehnat unumdorligini oshirishdagi o‘rni, 
ahamiyati? 
 


62 
8 MAVZU MEYORLASHTIRISHDA XRONOMETRAJ KUZATUVINING 
ROLI VA AHAMIYATI 
REJA: 
8.1. Xronometraj, uning mohiyati va maqsadi 
8.2. Xronometraj o’tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi 
8.3Fotoxronometraj va momentli kuzatish uslubi 
 
Tayanch so’z va iboralar: xronometraj mohiyati, xronometraj o‘tkazish 
bosqichlari, mohiyati, xronometraj ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi, 
fotoxronometraj mohiyati va ahamiyati, momentli (lahzali) kuzatish mohiyati va 
ahamiyati, kuzatish asboblari. 
 
8.1. Xronometraj, uning mohiyati va maqsadi 
Xronometraj deganda operativ ishlarning ayrim elementlari, usullari va 
harakatlarini bajarishga ketadigan ish vaqti sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan 
operatsiyalarni o‘rganish orqali mehnatni ma’yorlash usuli tushuniladi. 
Agar ish vaqtini fotografiya qilishda ishchining nima bilan bandligi uni 
qanday bajariyotgani va qachon dam olishi aniqlansa xronometraj usulida har bir 
operatsiyaning bajarilishi usullari, ularga sarflanadigan vaqt va uning ketma-ketligi 
o‘rganiladi. 
Agar ish vaqtini fotografiya qilishda sarflangan barcha vaqt beistisno 
o‘rganilsa, xronometrajda faqat operativ vaqt, ya’ni asosiy va yordamchi ishlarga 
sarf etiladigan vaqt o‘rganiladi. 
Xronometraj quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: 
1) Operativ ishni bajarishga texnikaviy asoslangan me’yor belgilash; 
2) Operativ ishni bajarishdagi asosiy va yordamchi ish elementlari ularning har 
birini davom etishi normativ vaqtini va ularni bajarishga ta’sir etuvchi omillarni 
belgilash, ularning ratsional strukturasini aniqlash. 


63 
3) Operativ ishni bajarishdagi ilg‘or uslub va usullarni o‘rganish, umumlashtirish, 
ularni yangi texnikaviy normalar belgilashda joriy qilish. 
4) Tahliliy hisoblash usuli bilan operativ ishni bajarishga belgilangan Vaqt 
me’yorini, uni bajarishda qo‘llanilgan asosiy va yordamchi ish usullarini 
tekshirish, aniqlik kiritish va yangilarini belgilash. 
5) Ayrim ishchilarning normani bajarmasligini, past unumli ishchilar ishidagi 
qoloqlik sabablarini aniqlash va ularning ish usullarini ilg‘orlarning ish usullari 
bilan solishtirish. 
6) Belgilangan va joriy qilinayotgan yangi me’yorlarni nazorat qilish. 
Operativ ishni bajarishga vaqt me’yori belgilashning asosiy ob’yekti 
texnologik jixatdan bo‘linmaydigan operatsiyadir. Ana shu operatsiyalarga 
texnikaviy normalar xronometraj yordamida belgilanadi. 
Xronometraj o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
1. Xronometraj o‘tkazish uchun ishchini tanlash. 
2. Xronometraj o‘tkazish. 
3. Xronometraj o‘tkazishda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish. 
4. Operatsiya elementlarining ratsional strukturasini loyihalashtirish.
5. Operatsiyaning texnikaviy me’yorini va ishlab chiqarishning texnikaviy 
me’yorini hisoblash. 
6. Yangi texnikaviy asoslangan vaqt me’yorini joriy qilish va uzlashtirish 
tadbirlarini ishlab chiqish. 
Xronometraj o‘tkazish uchun ishchini tanlash. Ishchini tanlash 
xronometrajning maqsadiga bog‘liq. Agar operatsiya normalash yoki normativlar 
ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilsa mehnat unumdorligi barqaror ya’ni ishlab 
chiqarish ilg‘orlarining barqaror o‘rtacha ish natijalari darajasida bo‘lgan ishchilar 
talanadi. Agar xronometraj mehnatining ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish, 
umumlashtirish va joriy qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa ishlab chiqarish 
ilg‘orlari tanlanadi. Agar xronometraj vaqt me’yorining bajarilishini nazorat qilish 
maqsadida o‘tkazilsa belgilangan me’yorlarni bajara olayotgan yoki uni bajarishda 
qiynalayotgan ishchilar tanlanadi. 


64 
Xronometraj o‘tkazishda tayyorgarlik ko’rish. Bu bosqichda quyidagi ishlar 
bajariladi:
1. Xronometraj o‘tkazilayotgan yoki tanlab olingan operatsiyaga, uni 
bajaradigan ishchiga va qo‘llaniladigan jihoz, asbob, moslamalarga muvofiq to‘liq 
tarif beriladi. 
Bu tarif kuzatuvchi varaqasining birinchi betida keltiriladi. Shuningdek 
varaqaning shu betida ish o’rnini tashkil qilish va unga xizmat ko‘rsatish usullari, 
ish o’rnini tanlash, ish uchun kerakli bo‘lgan hamma narsalar bilan 
ta’minlanganligi, namunaviy loyiha va injenerlik jixatdan ta’minlash talablarga 
javob berishi ham o‘z aksini topadi. 
Shu bilan birga ishning tashkil qilinishi va unga xizmat ko‘rsatishdagi 
kamchiliklar aniqlanadi. 
2. Xronometraj o‘tkaziladigan operatsiyaning tarkibi, uni tashkil qiluvchi 
asosiy va yordamchi elementlar aniqlanadi. Operatsiyani bajarishdagi izchillik 
maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. 
Element deganda ishchining operatsiyaning bir qismini bajarishga qaratilgan 
tugallangan ishi tushuniladi. 
3. Har bir elementning boshlanish va tamom bo‘lish nuqtalari belgilanadi. 
Bundan maqsad operatsiyaning har bir elementining qancha vaqt davom etishini 
to‘g‘ri aniqlash keraksiz ortiqcha harakatlarni barataraf qilishdir. Buning uchun 
operatsiyaning ketma-ket bajariladigan ish usullari orasidagi chegaralarni belgilash 
zarur. 
Ular ish usulini yoki harakatning boshlanishi va tamom bo‘lishidagi oraliqni 
aniq belgilash uchun xizmat qiladigan paytlarni qayd qilish nuqtalaridir. 
4. Xronometraj o‘tkazish maqsadiga ko‘ra o‘lchash usullari tanlab olinadi. 
Amalda uch xil o‘lchash usuli qo‘llaniladi: a) uzluksiz usul (joriy vaqt); b) tanlab 
o‘tkaziladigan usul (ayrim hisoblashlar yo‘li bilan) siklli o‘lchash usuli. 
Ishchi va mexanizmning barcha harakatlari ketma-ket o’lchanib, ayni vaqtda 
har bir usulning oxiridagi ko‘rsatkichlar yozib boriladigan usul uzluksiz usul deb 
yuritiladi. 


65 
Agar ishchining yoki mexanizmning ayrim ish usullarini o‘rganish zarurati 
tug’ilsa, tanlab o‘tkaziladigan usul qo‘llaniladi. Bu usulda faqatgina o‘rganiladigan 
ish usulining boshlanishi va tugallanishi qayd qilinadi. 
Agar operatsiya tarkibi juda qisqa vaqt davom etadigan va o‘lchash qiyin 
bo‘lgan ayrim elementlardan iborat bo‘lsa, siklli o‘lchash usuli qo‘llaniladi. Bu 
usulda har bir element mustaqil o’lchanmaganligi tufayli elementlar guruhlarga 
birlashtiriladi va har bir guruh elementlarining boshlanish va tugallanish nuqtalari 
qayd qilinadi. Har bir elementga sarflangan vaqtni aniqlash uchun ayrim guruh 
elementlarga sarflangan vaqt (masalan, a, b, s, d guruh larga sarflangan vaqtning 
jami aniqlanadi. So‘ngra har bir elementga sarflangan vaqt formulalar orqali 
aniqlanadi: 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling