Mezolit davri va uning xususiyatlari. Mezolit davrining o‘rganilish tarixi. Mezolit davri yodgorliklari


Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI—X ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan. O‘rta mezolit


Download 23.68 Kb.
bet2/4
Sana13.10.2023
Hajmi23.68 Kb.
#1701347
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI—X ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan.

  • O‘rta mezolit bosqichi miloddan avvalgi IX—VIII ming yilliklar bo‘lib, Obishir madaniyatida o‘z aksini topgan.

  • So‘nggi mezolit bosqichi miloddan avvalgi VII—VI ming yilliklar bo‘lib, Machay madaniyatida o‘z aksini topgan.

    O‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklarida prizma, konus, pona shakllaridagi nukleuslar topilgan. Tosh paraqalari bir tomonlama kertma tarzda o‘tkirlangan. Qirg‘ich qurollari tosh uchrindilardan va parchalaridan ishlangan. Shuningdek, tog‘li hududlarda nukleuslar qayroqtoshlardan bo‘lgan.

    1. Mezolit davrining o‘rganilish tarixi.

    Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilidan topilgan. U yerdan nukleuslar, mayda paraqachalar, qirg‘ichlar va hech bir makonda uchramaydigan uchburchak shaklidagi qurollar topilgan. Qo‘shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar so‘ngi tosh davri qurollariga nisbatan o‘zining ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma–xilligi bilan ajralib turadi. Bu yerdan topilgan nukleuslar va qirg‘ichlar Farg‘onadagi Obishir I, Y, Achchiko‘l va Machaydan topilgan nukleuslar va qirg‘ichlarga o‘xshab ketadi. Lekin Qo‘shilishdagi qurollar ancha qadimiy arxaik xususiyatga egadir. Qo‘shilishdan topilgan qurollarda o‘ziga xoslik ham bor, ya’ni bu yerda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek, Qo‘shilishda boshqa makonlarda bo‘lgan pichoqsimon paraqalar topilgan emas. Qo‘shilish qurollarining ba’zilari Yaqin va O‘rta Sharqdagi Shanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollarga o‘xshab ketadi.
    Ayrtom yodgorligi janubiy O‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Termizdan 18 km sharqda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu yerdan mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh qurollariga o‘xshab ketadi.

    Download 23.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling