Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

8.5. Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish 
Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish 
hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa 
hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. 
Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi. 
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha haqiqatda 
kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi. 
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari 
orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning 
oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab 
chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib
xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi. 
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali 
kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga 
materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. 
Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning 
umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. 
Bu narsa hisobot oyi davomida sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan transport-tayyorlov 
xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur. 
Sarflangan materiallar qaysi hisobvaraqlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, transport-tayyorlov 
xarajatlari summasi ham shu hisobvaraqlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini 
topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu yerda farq shundaki, og‘ishish (tejalgan yoki 
ortiqcha xarajat) bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o‘xshab, reja 
tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno 
bilan yoziladi.
O‘uyidagi jadvalda «A» korxona bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini 
hisoblab topish misoli keltirilgan: 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling