Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Xarid qilingan materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

8.7. Xarid qilingan materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish 
Xom-ashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib 
beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (O‘O‘S) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi 
korxona olingan tushumdan O‘O‘Sni byudjetga to‘laydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (O‘O‘S) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet 
daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. O‘O‘S 20 foizlik stavkada undiriladi. 
 O‘O‘S ikki xil usulda hisoblanadi: 
1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula buyicha 
aniqlanadi: 
S
O‘O‘S
= S
Tob
* SS/100; 
(1) 
Bunda: S
O‘O‘S
– iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
S
Tob
- soliqqa tortiladigan oborot; 
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. 
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z
ichiga olgan narxlar va tariflar 
bo‘yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
S
O‘O‘S
= T
q
*SS/(SS+100);
(2) 
bunda: T
q
— qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati. 


Masalan, «Bobur» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so‘mlik material sotib 
oldi. O‘O‘S summasi quyidagicha bo‘ladi: 
1- holat bo‘yicha: 
O‘O‘S summasi=(200000*20%)/100%=40000 so‘m. 
2-holat bo‘yicha: 
O‘O‘S summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so‘m. 
Moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha to‘lanadigan O‘O‘Sni buxgalteriya hisobida hisobga 
olib borish uchun 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» hisobvarag‘idan foydalanish ko‘zda 
tutilgan.
Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan O‘O‘S 
summasi 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» hisobvarag‘idan 6410-«Byudjetga to‘lovlar 
bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘iga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o‘tkaziladi. 
Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so‘mlik material qabul qilib oldi. O‘O‘S-
20000 so‘m. Jami – 120000 so‘m. Ushbu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: 
♦ sotib olingan material qiymatiga- 100000 so‘m: 
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 100000 so‘m 
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 100000 so‘m. 
♦ hisoblangan O‘O‘S summasiga-20000 so‘m: 
D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 20000 so‘m 
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 20000 so‘m. 
♦ Mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazib berilganida: 
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 120000 so‘m 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so‘m. 
Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, 
O‘O‘S 9000 so‘mga teng: 
(45000*20%)/100%=9000 so‘m. 
Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 9000 so‘m 
K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 9000 so‘m. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling