Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

8.4. Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish 
Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi 
hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri 
kelish-kelmasligi tekshiriladi.
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa 
hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun 
qaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori 
uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim 
hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi 
bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning 
jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan 
foydalanish mumkin: 
1010-«Xom-ashyo va materiallar» 
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar» 
1030-«Yoqilg‘i» 
1040-«Ehtiyot qismlar» 
1050-«O‘urilish mollari» 
1060-«Idish va idish materiallari» 
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar» 
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari» 
1090-«Boshqa materiallar». 
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kreditida esa 
ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab 
o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar 
qoldig‘ini aks ettiradi. 
Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning 
qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: 
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». 
O‘abul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda 
materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». 


Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida 
ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari 
debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i 
kreditlanadi. 
Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga 
quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga 
quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: 
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish». 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling