Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
MAVZU. SOLIQLAR VA DAVLATNING MAQSADLI JAMG`ARMALARIGA
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
14 MAVZU. SOLIQLAR VA DAVLATNING MAQSADLI JAMG`ARMALARIGA
TO`LOVLAR HISOBI 14.1. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq x¢jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish maqsadida 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘i joriy qilindi. Agar qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansa, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim. Yagona yer solig‘i ¡zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktyabrida qabul qilgan «Qishloq x¢jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish t¢g‘risida»gi Farmonga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga asosan joriy qilingan. Yagona yer solig‘ining t¢lovchilari b¢lgan, qishloq x¢jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shu soliq b¢yicha davlat byudjeti bilan hisoblashish mexanizmi ¡zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi 2002 yilning 5 martida 1102-tartib raqami bilan r¢yxatga olingan «Qishloq x¢jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblash va t¢lash tartibi t¢g‘risidagi y¢riqnoma»da belgilangan. Yagona yer solig‘i soliqqa tortiladigan yer maydoni, baza stavkalari va tuzatish koeffitsentlariga asosan soliq t¢lovchilar tomonidan mustaqil ravishda hisoblanadi. Yagona yer solig‘i solig‘ni to‘lovchilar tomonidan yer maydoni, solig‘ning bazis stavkasi va tuzatish koeffitsientlariga asosan hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig‘ining summasi har bir yer turi bo‘yicha quyidagi formulaga asosan aniqlanadi: NqS em xS b xK t , Bu yerda: N – yagona yer solig‘ining summasi, so‘m hisobida; S em – yer maydoni, gektar hisobida; S b – 1 ga uchun soliqning baza stavkasi; K t – tuzatish koeffitsienti. Hisoblangan yagona yer solig‘i summasining miqdori qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga bog‘liq bo‘lmasdan, yer uchastkasi joylashgan tuman byudjetiga o‘tkaziladi. Misol: «Sardorbek» fermer xo‘jaligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi sug‘oriladigan yer zonasida joylashgan. Yer maydoni 40 ga bo‘lib, ball-boniteti 51-60 ballga teng, tuzatish koeffitsienti – 6,54, 1 ga uchun baza stavkasi 1534,5 so‘m. Yagona yer solig‘i summasi q 40x1534,5 x 6,54 q 401425,0 so‘m. Shundan 1 iyulgacha 20 % - 80285,0 so‘m 1 sentyabrgacha 30 % - 120337,0 so‘m 1 dekabrgacha 50 % - 200803 so‘m. Yil davomida qishloq xo‘jalik yerlarining tarkibi va maydoni o‘zgarganida, hisobot yilining 1 dekabrigacha davlat soliq inspektsiyasiga yagona yer solig‘ining yangi hisob-kitobi topshiriladi va soliqning qolgan qismi shu hisob-kitobga muvofiq to‘lanadi. Yagona yer solig‘ining hisoblangan summasi davr xarajatlariga olib boriladi. Byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 6410-«Byudjetga t¢lovlar b¢yicha qarzdorlik (turlari b¢yicha)» schyotining «Yagona yer solig‘i» analitik schyotida yuritiladi. Hisoblangan soliqning summasi shu schyotning kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga olib boriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklar to‘g‘risidagi axborotlar 4410-"Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyotida umumlashtiriladi. 4410-schyotning debetida bo‘nak sifatida to‘langan soliqlar, shu jumladan olingan tovar-moddiy zahiralarga doir hisob-kitob hujjatlarida alohida ko‘rsatilgan QQS summasi ham aks ettiriladi. Byudjetga soliqlar va to‘lovlar bo‘nak tarzida o‘tkazilganda 4410-"Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyot debetlanadi va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5110-5530) kreditlanadi. № Xo‘jalik muomalalari mazmuni Schyotlar korrespondentsiyasi Debet Kredit 1 Materiallar, tovarlar, ish va xizmatlarni olishdagi QQS summasi 4410 6010, 6120, 6990 2 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga bo‘naklar o‘tkazilganda 4410 5110 3 Material qiymatliklar, tovarlar, ish va xizmatlarga doir QQS hisobga olinganda 6410 4410 4 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitob 6410 4410 Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlari 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" kreditida aks ettiriladi. 6410-schyot byudjetga to‘lovlar bo‘yicha kreditlanganida xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar (4010), to‘lanadigan dividendlar hisobga olinadigan (6610) schyotlar, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar (6710) va boshqa schyotlar debetlanadi. Yakuniy hisob-kitobda byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha oldin o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovlari 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyotning debeti va 4410-"Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyotining kreditida aks ettiriladi. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarzlarning o‘tkazilishi esa, 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti debeti va pul mablag‘lari hisobga olinadigan schyotlar (5110-5530) krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 6410 schyot bo‘yicha analitik hisob soliqlar va yig‘imlarning turlari bo‘yicha yuritiladi. № Xo‘jalik muomalalari mazmuni Schyotlar korrespondentsiyasi Debet Kredit 1 Davr xarajatlariga aloqador turli hisoblashishlar, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarzdorlik 9430 6410 2 Tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganida, ish va xizmatlar ko‘rsatilganida, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlar sotilganida hisoblangan QQS 4010 6410 3 Mablag‘ byudjetdan qaytarilganda yoki kelgusi davr to‘lovlari hisobiga o‘tkazilgan (yakuniy qayta hisob- kitoblarda) 5110, 5210, 5530, 4410 6410 4 Jismoniy shaxslar ish haqidan daromad solig‘i ushlanganda 6710 6410 5 Hisoblangan dividendlardan daromad solig‘i hisoblanganda 6610 6410 6 Foydadan byudjetga to‘lovlar hisoblanganda 9810-9820 6410 7 Byudjetga o‘tkazilgan haqiqiy to‘lovlar 6410 5010-5530 8 Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga taalluqli QQS hisobga qabul qilinganda 6410 4410 9 Byudjetga qarzdorlik kredit va qarz olish yo‘li bilan qoplanganda 6410 6810-6840 7810-7840 Byudjet bilan hisob-kitoblar 8-ASK jurnal-orderning 4410 va 6410 schyotlar kredit oborotlarini debetlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi ko‘rsatilib, hisobga olish uchun tayinlangan maxsus bo‘limida yuritiladi. Bu bo‘lim oborot vedomosti tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, debet oborotlari schyot bo‘yicha bir butun holda, kredit oborotlari esa korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha aks ettiriladi. 8-ASK jurnal-orderdagi 4410 va 6410-schyotlar bo‘yicha oylik kredit oborotlari va oy oxiriga chiqarilgan qoldiq Bosh daftarga o‘tkaziladi. 8-ASK jurnal order 20-- yil mart oyi uchun «Qangli» sh/x 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti № Analitik schyot Oy boshiga qoldiq 6410-schyot krediti, 4010, 4410 va b. schyotlar debetiga Debet bo‘yicha oborot Oy oxiriga qoldiq D eb et K re di t 40 10 -" X ar id or la r va bu yu rt m ac hi la rd an ol in ad ig an 44 10 -" B yu dj et ga so li ql ar v a yi g‘ im la r bo ‘y ic ha bo ‘n ak to ‘l ov la ri " 51 10 -« H is ob - ki to b» s ch yo ti 66 10 - «T o‘ la na di ga n di vi de nd la r 67 10 -« M eh na t h iq a bo ‘y ic ha x od im la r bi la n hi so bl as hi sh la r» 98 10 -« D ar om ad (f oy da ) so li g‘ i bo ‘y ic ha xa ra ja tl ar » Ja m i D eb et K re di t |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling