Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Buxgaltyerlik (moliyaviy) hisobot
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Buxgaltyerlik (moliyaviy) hisobot-hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari,
tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami. Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir. Ishonchlilik nafaqat buxgaltyerlik hisobi axborotlari, balki hisobning boshqa turlari, eng avvalo statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Ushbu yondoshuvning buzilishi biznes-reja tuzish, Hisobotning ahamiyati – uning: ishonchliligi to’liqligi o‘z vaqtidaligi tekshiriluvchanligi oddiyligi taqqoslanuvchanligi tejamliligi e’lon qilinishi qat’iy belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi 218 xo‘jalik faoliyatining turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi. Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini talab etadi. To‘liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. O‘z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari) barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, agar boshqacha muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlarning ta'sis hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim. Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda. Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligi unda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim. Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan oldingi davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kyerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat. Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim. Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, ya'ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z ichiga olishi lozim. Taqqoslanuvchanlik kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda tutadi. Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur. Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foydalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin. Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling