Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga quyiladigan talablar
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
21.2. Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga quyiladigan talablar
Xo‘jalik yurituvchi subektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo‘yicha turkumlanadi: - axborotlar hajmiga ko‘ra; - tuzilish maqsadiga ko‘ra; - davriyligi bo‘yicha. Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko‘ra xususiy hisobot va umumiy hisobotlarga bo‘linadi. Xususiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subektning batta faoliyat uchastkasidagi ishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subektning butun moliya-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydi. Hisobotlar tayinlanishiga ko‘ra tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi. Tashqi hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyat tavsifi, daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotdan tashqi foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan ta'minlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunining 20-moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim. Ichki hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik hisobotlarga bo‘linadi. Davriy hisobotlar hisobot yili ichida muntazam ravishda ma'lum davr oralig‘i (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, 9 oylik) uchun tuziladi. Yillik hisobot hisobot yili tugaganidan so‘ng tuziladi (8.1-rasm). Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadigan moliyaviy natijalar, ularning iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlanib aks ettiriladi. Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy holatini bevosita baholaydigan elementlarga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy shakllarni o‘z ichiga oladi: − buxgalteriya balansi; − moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; − asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot; − pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; 220 − xususiy kapital to‘g‘risida hisobot; − izohlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hisobotga tushuntirishlar. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste'molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi: a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investision qarorlar qabul qilish uchun; b) subektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; B) subektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling