Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

21.4. Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 19-moddasiga 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy hisobotlari quyidagi organlarga taqdim qilinadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq boshqa ayrim turdagi 
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari taqdim qilinadi: 
Soliq organlariga 
Ta’sis hujjatlariga muvofiq 
mulkdorlarga 
Davlat statistika organlariga 
Qonunchilikda ko’zda tutilgan 
boshqa organlarga 


222 
xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi 
mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, birjalar, 
investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy 
shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish sarflarini to‘lab undan nusxa 
olish huquqlariga egadirlar. 
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, 
investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan 
ma’lumotlar to‘g‘riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangach, hisobot yilidan keyingi yilning 
birinchi mayigacha e’lon qilishlari shart. 
Xo‘jalik yurituvchi subekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda yoki boshqa asosda 
tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan bankrot deb e’lon qilingan yoki tugatish 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Xo‘jalik yurituvchi 
subektni tugatishga doir muomalalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotini tuzish uchun 
javobgarlik tugatish komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi 
subektni tugatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektning aktivlari tugatish balansida tugatish komissiyasi tomonidan 
aniqlangan bahoda, ya'ni ularni sotish mumkin bo‘lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va 
zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. 
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subektning majburiyatlari aniqlashtiriladi va ularni tuzish 
vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga qo‘shib, tugatish balansida aks ettiriladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling