Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Soliq elementlari va funktsiyalari


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

22.2. Soliq elementlari va funktsiyalari. 


224 
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini bilib olish zarur. Soliqlar tizimi 
mohiyati jihatdan bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa 
davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig‘indisidir. 
Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan 
undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisiga soliqqa 
tortish tizimi deyiladi.
O‘zbekistonning soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ularni tashkil 
qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatadi. Soliq elementlariga soliq sub’ekti, ob’ekti, manbai, stavkasi, 
soliq birligi, imtiyozi, soliq og‘irligi (soliq yuki) kabi tushunchalar kiradi. 
1. 
Soliq sub’ekti –soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir. Ular huquqiy va 
jismoniy shaxslarga bo‘linadi. Soliq munosabatlarida faqat soliq to‘lovchilargina emas, soliq 
undiruvchi ham qatnashadi. Soliqni davlat undiradi. Uning nomidan maxsus tashkilot qatnashadi
ya’ni bu ishni davlat soliq xizmati idoralari bajaradi. Soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, to‘liq to‘lash 
javobgarligi soliq to‘lovchi sub’ektga yuklatilgan. 
2. 
Soliq ob’ekti- soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, 
qo‘shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog‘liq, 
sub’ektniki bo‘laadi. Sub’ektsiz ob’ekt bo‘lmaydi. Masalan, QQSda ob’ekt ortilgan mahsulot 
(bajarilgan i shva xizmat) oborotidir, daromadga solingan soliqda-foyda, mol-mulk solig‘ida mulk 
qiymati, yer solig‘ida yer maydoni va boshqalar. 
3. 
Soliq manbai-bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va foyda ham soliq 
ob’ekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob’ektlar har xil, manba esa-daromad 
bo‘ladi. Soliqlarning shunday qonuni borki, ular hech qachon manbaa miqdoridan ortib ketmasligi 
lozim. Aks holda manbaa yo‘qoladi.
4. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling