Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
NAZORAT SAVOLLARI
1. Buxgalteriya hisobotining ta’riflang. 2. Buxgalteriya hisobotlarining turlari, mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 3. Yillik buxgalteriya hisobotining tarkibi qanday? 4. Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining baholanishini shakllantirish tamoyillari qanday? 5. Buxgalteriya hisobotiga qanday talablar quyiladi? 6. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish mezonlari qanday? 7. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati nima? 22 MAVZU. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA SOLIQ TIZIMI 22.1. Soliq tushunchasi, uning zarurligi va iqtisodiyotda tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasini Soliq Kodeksining 12- moddasiga asosan Soliqlar deganda- muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to‘lovlar deganda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi. Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo‘la olmaydii. Soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat byudjetiga mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi. Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir. 223 1. Birinchi belgi-majburiylik. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tamoyili asosida amalga oshiriladi. Majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan. 2. Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xaxinaga-davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. 3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o‘zgarmasdan harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, soliqlar shuncha qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o‘zgaradi. 4. To‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. Lekin, davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga to‘liq qaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Masalan, soliq to‘lovchi bu yili davlatning sog‘liqni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to‘lovchilarning to‘lagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga ko‘rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni o‘rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o‘zlariga qaytib keladi. Soliqlar iqtisodiy kotegoriya bo‘lganligidan to‘lovchilar va byudjeto‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq to‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishningma’lum chegarasi mavjud. Bu haqda yirik iqtisodchi olimlar va davlat arboblario‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olibsoliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlar mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak bu yerda iqtisodiy munosabat ya’ni pul munosabati mavjuddir. Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishsh sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bugungi kunda respublikamizda turli xil mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqdalar. O‘larning faoliyatiga davlatning ha deb aralashuvini yoqtirmaydi, qabul qilmaydi. Chunki, bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot, bu yerda har bir xo‘jalik sub’ekti erkin faoliyat ko‘rsatadi, butun faoliyatiga o‘zi javob beradi. Davlatning ular faoliyatiga aralashuviga faqat qonun yo‘li bilan, ya’ni soliqlar orqali bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi. Qolaversa, davlat fuqarolar xafvsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling