Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Baholash – bu hisob ob’ektlarini natural o‘lchovlardan pul o‘lchoviga o‘tkazish usulidir. 
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob ob’ektlarini 
umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, 
materiallar, chet el valyutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida 
ifodalanadi. 
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol 
qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning 
uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini 
hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa 
qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning 
boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish
qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni 
sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini 
aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zahiralari haqiqiy 
tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab 
chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra 
mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. 
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va 
realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi 
mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va 
kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya 
hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan 
tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq 
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va 
boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan 
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi 
mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi. 
Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari hamda xo‘jalik jarayonlarini 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya 
hisobida aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab 
chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish natijasida tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi 
aniqlanib, ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish 
natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari 
hamda realizatsiyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha 
buxgalteriya hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 
buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va 
ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat 
xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat 
byudjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan 


moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga xos hisob ob’ektlari mavjud. Bularga davlat 
byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar 
(tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. 
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni 
baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ob’ektlarni quyidagicha turkumlash 
mumkin (11.1-rasm): 
Asosiy vositalar 
Hisob
ob’ektlari 
Nomoddiy aktivlar 
Materiallar 
Tayyor mahsulotlar 
Tovarlar 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling