Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida
2.3. Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va
me’yoriy- huquqiy asoslari, Buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, xususiy kapital va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Demak, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona aktivlari (mablag‘lari) va passivlari (xususiy kapital va majburiyatlar) hamda xo‘jalik jarayonlarining holati to‘g‘risida o‘z vaqtida aniq va ishonchli axborot berishi lozim. Lekin, har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida haqiqatda mavjud mulkiy ob’ektlarning, barcha turdagi debitor qarzlarni va korxona majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini ham qo‘shgan holda, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilish hollari uchraydi. Bunday farqlar tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomad, oshiqchalik, qayta navlash va summalardagi tafovutlar; kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va pul hujjatlarining kamomadi yoki oshiqchaligi; hisob-kitoblarning ma’lum uchastkalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar qoldiqlarining hisobda oshirib, yoki kamaytirib ko‘rsatilishi; asosiy ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining oshirib ko‘rsatilishi kabi holatlarning natijalari hisoblanadi. Ushbu farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin: -haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni saqlash va tashishdagi tabiiy kamayish me’yorlaridan oshib ketishi; -uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi, kamomadi, ataylab buzilishi va yo‘qotilishi; -mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi; -buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkashliklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar va h.k. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funktsiyasi ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin. Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan tarjimasi «xo‘jalik buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan ma’noni bildiradi. Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi» (11 – modda). Agar buxgalteriya balansining barcha moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa va bunday inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadigan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi Инвентаризация Бухгалтерия ҳисоби методининг элементларидан бири бўлиб, корхона активлари , корхона активлари (маблағлари) ва мажбуриятларнинг қолдиқлари ҳисоб маълумотлари билан таққослаш орқали назоратни таъминлаш ҳамда бошқариш усули buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda №EG./17-19-20-75 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya Vazirligida 1999 yil 2 noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol- mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’iy nazar, barcha korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalari, tugallanmagan kapital qurilishlar, tovar-modiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart» (22 - punkti) deb belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga (O‘zR moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari, inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi huquqiy-me’yoriy tizim shakllangan(10.2-rasm). O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni, (11-modda) №4-«Tovar-moddiy zahiralar» va №19-«Inventarizatsiyani Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling