Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Alohida varaqlar kartochkalarga o‘xshash bo‘lib, ulardan formatining kattaligi va yozuv 
qog‘ozida bosilishi bilan farq qiladi. Ular bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli hisob 
registrlari sifatida keng qo‘llaniladi. Alohida varaqlar bir-biriga biriktirilmaganligi uchun ish 
jarayonida qo‘llash ancha qulay va hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda qo‘l keladi, hamda 
hisobni avtomatlashtirish talablariga mos keladi. Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlariga 
jurnal-order va ularga qo‘shimcha qaydnomalar misol bo‘la oladi.
Axborotlar hajmiga ko‘ra hisob registrlari sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari 
va birlashtiruvchi, ya'ni sintetik va analitik hisobni birlashtiruvchi registrlarga bo‘linadi.
Sintetik hisob registrlarida xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul ifodasida sintetik 
schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra 
xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan bo‘lishi mumkin. 
Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar bo‘yicha yozish uchun 
mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa 
sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun 
analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan tushuntirish matni 
yozish uchun joy ajratilgan. 
Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel, lekin alohida 
Xo‘jalik muomalalarini hisobda
qayd qilish jarayoni 
Dastlabki 
hujjatlar 
Moliyaviy va boshqa
hisobot shakllari 
Buxgalteriya hisobi 
registrlari (analitik va
sintetik) 


qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalari tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini 
umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun 
so‘ngi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida birlashtiruvchi hisob registrlari keng 
qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obektlar 
hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan 
ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta 
amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday 
hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-
jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. 
Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta 
hisob registrida bunday birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga 
ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir vaqtning o‘zida sintetik schot 
bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda 
birlashtirish buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling