Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni
- Buxgalteriya daftarlari
- Kartochkalar
Hisob registrlari deb boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik
muomalalarini joriy tartibda yozib borish uchun moslashtirilgan, ya’ni korxona aktivlari, passivlari va xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iqtisodiy guruhlanishiga mos tuzilgan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. 5110-«Hisob-kitob schoti» D-t К-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» schoti D-t К-t 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schoti D-t К-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan D-t bo ‘ naklar» schoti К-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to ‘ lanadigan D-t schotlar" schoti К-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid D-t qilish» schoti К-t 1 7 4 5 2 3 7 6 1 faoliyatini nazorat va rahbarlik qilish uchun hisobotlar tuziladi. Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning bo‘linmalariga rahbarlik va nazorat qilish, hamda iqtisodiy tahlil qilishda foydalaniladi. Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda qayd qilish deyiladi (3.1-rasm). 4.2-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni Hisob registrlarining mazmuni va ularni grafalash xo‘jalik muomalalarining xususiyati hamda ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq. Buxgalteriya hisobi registrlari tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra buxgalteriya daftarlari, kartochkalari, alohida varaqalarga va mashinogrammalarga bo‘linadi Buxgalteriya daftarlari – bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog‘oz varaqlaridir. Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot yili va buxgaltyerlik hisobi schotlarining nomi va shifri ko‘rsatiladi. Daftar varaqlari buxgalteriya yozuvlari yozilishiga qadar raqamlanadi, ayrim maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan daftarlar ip o‘tkazib, ipning uchlari daftarning oxirgi betiga surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va «Ushbu daftarda hamma betlar raqamlangan» degan yozuv yozilib, korxona rahbari va bosh buxgaltyerining imzolari quyiladi. Daftarning kyerakli betini tez topish maqsadida uning birinchi betiga mundarija qilinadi. So‘nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo‘llanilmoqda. Chunki, ular hisob xodimlari orasida vazifalarni taqsimlashda noqulay va xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi. Kartochkalar xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan bir xil shakldagi qog‘oz va kartondan tayyorlangan, maxsus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular analitik hisob uchun ishlatiladi. Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil boshida reestrda avval qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartochkalar, so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik tartibda qayd qilinadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteriyasida maxsus quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun kartoteka bo‘lgichlar (karton plastinkalar) va indiqatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Jamlash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foydalanish yozuvlarni bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari ular hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda yordam beradi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling