Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
XVI MAVZU. YAGONA YER SOLIG`I 26.1. Yagona yer solig‘ining iqtisodiy mohiyati va huquqiy–me’yoriy asoslari. Yagona yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktyabrida qabul qilgan «Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga asosan joriy qilingan. Yagona yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lgan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shu soliq bo‘yicha davlat byudjeti bilan hisoblashish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi 2002 yilning 5 martida 1102-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilangan. Yagona yer solig‘i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan. Yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom dastlab Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Shu 279 nizomga muvofiq Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari 2004 yilning 1 yanvaridan boshlab tajriba tariqasida yagona yer solig‘ini qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymatiga asosan hisoblash tartibiga o‘tkazildi. Bu tajriba 2005 yildan boshlab Surxondaryo viloyatiga, 2006 yildan boshlab Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlariga hamda 2007 yildan boshlab Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga tadbiq etildi. Yagona yer solig‘ining stavkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymatiga nisbatan foiz hisobida belgilangan. Yagona yer solig‘i quyidagi barcha amaldagi umumdavlat (alkagol mahsulotlari uchun aktsiz solig‘idan tashqari) va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga kiritilgan: • daromad (foyda) solig‘i; • qo‘shilgan qiymat solig‘i; • aktsiz solig‘i; • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; • er ostidan foydalanganlik uchun soliq; • mulk solig‘i; • er solig‘i; • infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; • boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar. Yagona yer solig‘ining to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona boji, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, hamda alkagol mahsulotlar uchun aktsiz solig‘i to‘lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlari soliq ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar yagona yer solig‘ining to‘lovchilaridir. Agar fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda shu faoliyat turlari bilan shug‘ullansa, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim. O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yordamchi qishloq xo‘jaligi hamda dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘i to‘lamaydi. Jamoat binolari va xonadonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan yerlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar bo‘yicha tegishli tuman va shaharlarning sug‘oriladigan yerlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga qabul qilingan. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling