Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Jamoat imoratlari deganda shu imoratlar bilan butun birlik tashkil qiladigan hamma
qurilmalar majmui tushuniladi. Qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymati – yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi va u soliq to‘lovchilarga soliq idoralari tomonidan ma’lum qilinadi. Jamoat imoratlari egallagan yerlarning me’yoriy qiymati asosiy yerlarning qiymatiga 2 koeffitsientini qo‘llagan holda aniqlanadi. Xo‘jaliklarning ixtisosiga qarab asosiy yerlarga quyidagilar kiradi: 1) paxtachilik, sabzavotchilik, sholichilik va tamakichilik xo‘jaliklari uchun – sug‘oriladigan haydaladigan yerlar; 2) bog‘ va uzumchilik xo‘jaliklari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar; 3) qorako‘lchilik xo‘jaliklari uchun – yaylovlar; 4) sug‘oriladigan yerlardagi g‘allachilik xo‘jaliklari uchun – sug‘oriladigan haydaladigan yerlar; 5) lalmi yerlardagi g‘allachilik xo‘jaliklari uchun – lalmi haydaladigan yerlar kiradi. Baliqchilik xo‘jaliklarida baliq boqiladigan sun’iy suv havzalari bilan band bo‘lgan yerlarining me’yoriy qiymati – tuman bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning o‘rtacha me’yoriy qiymati bo‘yicha qabul qilinadi. Byudjetga to‘lanadigan yagona yer solig‘ining summasi qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy maydoni bo‘yicha hisoblangan soliq summasidan soliq to‘lanmaydigan yerlarga hisoblangan soliq summasini ayirish bilan aniqlanadi. Qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy maydoniga hisoblanadigan soliq summasi ularning me’yoriy qiymatiga va soliq stavkasiga asosan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: N 1 =(N 1 xC/100) Bunda: N 1 – qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy maydoni uchun hisoblanadigan soliq summasi; N 1 - qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning me’yoriy qiymati; S – soliq stavkasi, %. Soliq to‘lanmaydigan yerlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi soliq to‘lanmaydigan qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning me’yoriy qiymati va soliq stavkasiga asosan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling