Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

martalik va bir qatorli hujjat bo‘lib hisoblanadi; guruhlovchi qaydnoma buxgalteriyada 
rasmiylashtiriladigan yig‘ma, bir martalik hujjat; limit zabor kartasi isbotlovchi, farmoyish
dastlabki va yig‘ma hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” qonunining 8-moddasiga 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan pul, tovar-
moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchuy asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, 
korxona muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari hamda buxgalteriya 
hisobotlari va balanslari imzolanadi. Shuningdek, xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va subekt 
nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning lavozimi va buxgaltyerlik 
funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul 
summalari bo‘yicha cheklanishlarga ko‘ra imzo huquqlarining iyerarxiyasi (ketma-ketligi) 
o‘rnatiladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanilganida zarur 
ehtiyotkorlik choralari va tegishli nazorat o‘rnatilishi zarur. 
Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan 
hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik 
yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
2.2. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish 
Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida tuzatish zarur. 
Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga tekshirish usullari qo‘llaniladi. 
Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki 
summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l quyilishi, 
xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli 
bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab 
quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: korrektura, qizil storno va qo‘shimcha yozuv. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling