Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘ldirish usuliga ko‘ra
Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi.
Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko‘ra hujjatlar bir qatorli (Materiallarni olish uchun talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov qaydnomasi, to‘lov qaydnomasi va h. k.) bo‘lishlari mumkin. Bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar unifikatsiyalangan va boshqa hujjatlarga bo‘linadi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish unifikatsiyalangan dastlabki hujjatlarni va ularning elektron vyersiyalarini ishlab chiqish hamda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi. To‘ldirish usuliga ko‘ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziladigan, yozuv mashinkasida va kompyutyerda tuziladigan (elektron) hujjatlarga bo‘lish mumkin. Qo‘lda tuziladigan hujjatlarga asosan ichki hujjatlar kiradi. Ularga birinchi navbatda qo‘lda tuziladigan har xil jadvallar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash jadvallari, hamda yig‘ma qaydnomalar va boshqalar kiradi. Yozuv mashinkasida tuziladigan hujjatlar ko‘pincha maketlangan kartalar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda gap hujjatlarni ko‘rsatilgan usullar bilan to‘ldirishda emas, balki xo‘jalik muomalalarini yozuv mashinkalarida, ko‘proq texnik vositalarida to‘ldirish to‘g‘risida bo‘ladi. Shu maqsadda har xil priborlar va moslamalar qo‘llaniladi: schotchiklar, avtomatik tarozilar, o‘lchagich idishlar, elektr va boshqa yozuv mashinalari va x.k. Hujjatlarga ishlov berishning eng takomillashgan usuli shaxsiy elektron hisoblash mashinalarini (ShEHM) qo‘llash bilan bog‘liq. Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborotga aytiladi. Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi. Ta'kidlash joizki, buxgalteriya hujjatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan tasnifiy belgilar bo‘yicha guruhlanganida bitta hujjat ayni paytda bir necha guruhlarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, kassa chiqim orderi kassir uchun isbotlovchi hujjat bo‘lsa, ayni paytda korxona rahbariyati uchun kassadan pul mablag‘larini berishga asos bo‘luvchi farmoyish hujjati, shuningdek, dastlabki, bir Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling