Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
tamoyillarga tayanadi:
- rejalashtirishning demokratik mustakillikka asoslanishi, ya'ni korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyatini tashkil etishda, xo‘jalik ichida iqtisodiy va agrar munosabatlarni joriy etishda har tomonlama mustaqillik va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan boshqarish tizimini o‘rnatishda demokratik qonun-qoidalarga amal qilish; - rejalashtirishning ustuvor yunalishlarini belgilash, ya'ni korxona uchun har bir gektar yerdan va har bir bosh chorvadan eng ko‘p foyda olinadigan ishlab chiqarish yo‘nalishini biznes reja orqali asoslab olish va shu yetakchi bo‘g‘inga korxonaning barcha resurslarini jalb etib, ulardan oqilona foydalanish, rejani o‘z vaqtida bajarish hamda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish, assortimentlarini yaxshilash, mehnat sarfini kamaytirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish; - istiqbol va yillik rejalarning bir biri bilan uygunlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini ta'minlash, ya'ni korxonada yetakchi tarmoqdan eng ko‘p foyda olish atrofida, rejaning barcha qismlarini bir biri bilan uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun esa reja ko‘rsatkichlari ilmiy jihatdan asoslangan me'yorlarga tayangan bo‘lishi kerak. Fan-texnika yutuqlari, zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish ishlab chiqarishni tashkil etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab etadi; - korxona iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ya'ni korxonada yuzaga kelayotgan tangliklarni bartaraf etish uchun ko‘riladigan barqarorlashtirish chora-tadbirlari majmuasi, korxona to‘la inqirozga uchrashiga chap berish maqsadida ishlab chiqarish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibini o‘zgartirish tadbir-choralarini avvaldan rejalashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga, mahsulot sifatini yaxshilashga, ularning raqobatbardorligini oshirishga harakat qilish. Ta'kidlash lozimki, korxonada tuzilgan barcha turdagi rejalarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilinishi va ularning o‘z muddatida bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi ishchi xodimlarning ish natijalari uchun javobgarligini kuchaytiradi. 185 Rejalarning ilmiy asoslangan va aniq bo‘lishi, ko‘p jihatdan ularni tuzish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligini rejalashtirishining muvozanat, me'yoriy mezon, iqtisodiy- matematik usullari va avtomatik boshqarish tizimini kiritish mumkin. Muvozanat usuli - bu bugun agrar sanoat korxonalari va shu jumladan qishloq xo‘jalik korxonalari taraqqiyotini rejalashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy usullardandir. Bu usulning iqtisodiy mohiyati shundaki, qishloq xo‘jaligining turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning moddiy, mehnat va moliya resurslariga talabi va uni qondirish manbalarini aks ettiradi. Reja muvozanatlari uch turda tuziladi: mehnat, moddiy resurslar va qiymat muvozanatlari. Moddiy muvozanatlar qishloq xo‘jalik korxonasining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi bo‘yicha tuziladi. Masalan don, paxta, go‘sht, tuxum va h.k. Mehnat resurslari muvozanati ishlab chiqarish uchun talab etiladigan xodimlar va mutaxassis kadrlar miqdori bilan aniqlanadi. Qiymat muvozanati pul ko‘rinishda tuzilib, yalpi mahsulotning solishtirma va joriy baholardagi ifodasidir. Mezon Me'yoriy (normativ) muvozanat usuli mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda reja - topshiriqlarini iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Bu usulda ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar me'yoriy ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi. Masalan: yoqilg‘i, urug‘liklar, o‘g‘it, yem-xashak va hokazo. Me'yoriy ko‘rsatkichlar vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasining yangilanish va mehnat unumdorligining o‘sish darajasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Aks holda, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga salbiy ta'sir etadi. Iqtisodiy-matematik usul murakkab texnikani, EHMlarni yangi kompyuterlar tizimini talab etadi. Qishloq xo‘jaligini re- jalashtirishda bu usulning chiziqli-dasturlash, rejalashtirish, korrellyasiya singari turlaridan foydalaniladi. Bu usuldan chorva mollar ratsioni, poda tarkibi, ekinlar hosilini dasturlash, MTP parkidan foydalanishning oqilona tarkibini aniqlashda keng foydalaniladi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling