Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
2. Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari
Biznes reja o‘rta va kichik tadbirkorlar yoki dehqon va fermerlarning aniq goyaga asoslangan hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tijorat bilan shugullanish istiqbollari (modellashtirish dasturi) yoki hisob-kitoblar majmuasi aks etgan hujjatdir. Dasturda (2-5 yil uchun), birinchi yil ko‘rsatkichlari oyma-oy, ikkinchi yil ko‘rsatkichlari chorakma-chorak va qolgan yillarniki esa yil kelishida yoritilishi maqsadga muvofiqdir. Biznes rejani tuzishdan maqsad: -birinchidan, sarmoyador, homiy, hissador va bankirlarning pul mablaglarini ishlab chiqarishga jalb etish; -ikkinchidan o‘z xodimlarini maqsad, vazifa va istiqbolga ishontirish va qiziqtirish; -uchinchidan, o‘z goyalarining foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali boshqarishni tashkil etish. Biznes rejaning bozor iqtisodiyoti davrida dolzarbligi kuyidagi omillar ta'sirida shakllanadi: - birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari, ishlab chiqarish munosabatlari kirib kelishi bilan o‘rta va kichik tadbirkorlik hamda fermer, ijarachi-pudrat- chilarning yangi avlodlari shakllanmoqda. Ular uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish va iqtisodiyot bilan bogliq bo‘lgan muammolarni hal etish biznes- rejasiz mumkin emas; - ikkinchidan fermerlar, o‘rta va kichik tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda tamoman yangicha munosabat - tavakkalchilik, raqobat, raqobatga chidash va unda yengib chiqish sir-sinoati ham biznes reja orqali hal etiladi; - uchinchidan, xorijiy mamlakatlar investitsiyalarini jalb etmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish, yangilash va samaradorli- gini ko‘tarish juda kagga muammoga aylanmoqda. Shunday bir davrda xorijiy mamlakatlar investorlariga buyurtmalarni dolzarb va sa- maradorligini isbotlab berish va ularga sarflanadigan mab- lag‘larning yuksak darajada foyda berishini har jihatdan ko‘rsata bilish uchun ham biznes-reja zarurdir. Yuqorida qayd etilgan muommolarni turli shakldagi qishloq xo‘jalik korxonalarida yechimini topishda, biznes-rejaning o‘zi kifoya qilmaydi. Biznes-reja dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida 186 ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan texnologik xaritalar, me'yoriy hujjatlar va birlamchi agronomiya, zooveterenariya ham buxgalteriya hisob-kitoblari bilan to‘ldirilishi shart. Biznes-reja quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim: - dehqon va fermerlar, ijarachi va pudratchi jamoalari o‘z ishlarini qanday boshlash; - qanday qilib ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorg‘a olib chiqish; - yangi ishlab chiqarishni kimlar bilan tashkil etish va qachon dastlabki daromadlarni olish; - tavakkalchilik xavf-xatarini qanday kamaytirish; - oyoqqa turib olish hamda rakobat kurashida yutib chiqish. Biznes-reja tuzish yordamida ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar uzlari uchun kuyidagilarni bilib oladilar: - biznes-rejani tuzish jarayonida o‘z ishlab chiqarish moliya faoliyatini har tamonlama tashkiliy- iqtisodiy va sotsial jihatdan tahlil qilish, o‘zi boshlayotgan ishni puxta bilishga, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirishga va xolisona baholashga olib kelinishini; - biznes-reja bu - tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ekanligini. Uni ishbilarmonlarning o‘z korxonalarini samarali boshqarishga hamda o‘ylagan ishlarini muvaffaqiyatli o‘tishiga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini; - biznes-reja tadbirkorning o‘z goyasini boshqa hamfikrlariga, sarmoyadorlarga va bankirlarga yetkazadigan eng yaxshi sinalgan usul va shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirish ekanligini. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling