Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
1. Monitoringning mohiyati va ahamiyati Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib, kredit bergan vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish, kreditning maqsadi ishlatilishi ustidan nazoratni (tekshiruvni), ya'ni loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib boradi. Qarz olgan bank mijozlari o‘z qonun va qoidalariga ega bo‘lgan bozor muhitida, raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritadilar. To‘g‘ri rivojlanish strategiyasini tanlab olmagan, bozor sharoitiga moslashmagan korxonalar o‘z pozitsiyalarini boy beradilar. Qarz berilgan paytda rivojlanish istiqboliga ega bo‘lgan qarz oluvchi bir necha oydan so‘ng ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolishi mumkin. Natijada bank kreditining qaytarilmasligi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun loyihani moliyalashtirishga mablag‘ ajratgan bank (kreditor) qarz holatini loyihaning butun muddati davomida doimiy ravishda nazorat qilib borishi, o‘z vaqtida yuzaga kelayotgan muammolardan darak beruvchi «signal»larni aniqlashi juda muhim ahamiyatga ega. Loyihani moliyalashtirish monitoringi moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar qay yo‘sinda ishlatilayotganligini nazorat qilish, uning maqomidagi o‘zgarishlarni aniqlash va tegishli chora- tadbirlarni ko‘rish tizimini ko‘zda tutadi. Uning maqsadi asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlarning o‘z muddatida qoplanishini ta'minlashidan iborat. Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘ berish bitimiga tegishli barcha xujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me'yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai-uning qaytarilishining ta'minotini tekshirish hisoblanadi. 194 Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, xalqaro kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga, biznes-fond va byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar ekan, albatta, bu mablag‘larning qaytarilishi va ma'lum miqdorda ularning foyda bilan ta'minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol yetkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug‘urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosda faoliyat yuritadilar. O‘zbekistonda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat ko‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 1998 yil 30 martda «Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish va monitoringni yuritish tartibi» asosida monitoring mexanizmi yo‘lga qo‘yilagn. Ushbu tartibga 1998 yil 19 avgustda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu tartibda monitoringning qisqacha mazmuni keltirilgan. Ushbu tartibga ko‘ra, monitoring – bu loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli kuzatuv olib borishdir. Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma'noni anglatadi. Monitoringni yuritishda kuyidagilar ko‘zda tutiladi. 1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi. 2. Ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish. 3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish. Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi: - korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash; - olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini tahlil etish; - tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish. Investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringi mexanizmi korxonalarining kredit resurslariga bo‘lgan talabining bankini shakllantirishda, investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini, ularning kredit liniyalarini o‘zlashtirish jarayoniga ko‘shilishini, shu jumladan investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida kredit liniyalari resurslaridan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligini kuzatishni va baholashni ko‘zda tutadi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi monitoringini o‘tkazishning maqsadi investitsiyalash jarayonining barcha darajalarini doimiy kuzatish hisoblanadi (ularning kengaytirilgan vazifalari asosida): - investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari tomomnidan korxonalar loyihalarini (takliflarini) investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida o‘tish muddatlariga amal qilish; - investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni, shu jumladan, investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida jalb qilinayotgan chet el kredit liniyalari samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashish. Qo‘yilgan mablag‘larining yuqori samarasini ta'minlash korxonalar tomonidan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling