Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Tashkiliy reja qismida xo‘jalik yuritish faoliyatining huquqiy asoslari, qaysi qonunlar, farmonlar 
hamda qarorlar asosida faoliyat ko‘rsatishi, mulk shakli, mulk egalari, xususiyatlari qayd etiladi. 
Hissadorlik, paychilik xo‘jaliklarida esa ularning mulkiy payining umumiy miqdori, taqsimlanishi 
kabi ma'lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Bu qismda moliyaviy hujjatlarga kimlar qo‘l qo‘ya olishi, 
ularning huquqlari ko‘rsatiladi. Ular xo‘jalikning ustavi (nizomi) ga mos kelishi shart. 
Tavakkalchilik rejasi qismida turli holatlarning ta'sir ko‘rsatishi aniqlanishi lozim. Ular 
texnikaviy, ekologik, boshqarish, moliyaviy-siyosiy hamda xalqaro miqyosdagi holatlardan iborat 
bo‘lishi mumkin. Ularni ayrim sabablarga (xo‘jalikka bog‘liq bo‘lmagan) ko‘ra amalga oshirilmasligi 
xo‘jalik faoliyatiga qanday salbiy ta'sir etishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Masalan, xo‘jalik 
sinalmagan iste'molchiga mahsulot sotishda, ekologiyaning o‘zgarishida, mahsulotlarni transport 
vositalarida tashilishi, iqtisodiy va siyosiy barqarorlik shakllanmagan hududlarga mahsulot sotish 
natijasida tavakalchilikka yo‘l qo‘yishi oqibatida yuz beradigan holatlar yoritilishi lozim. Yuqoridagi 
omillar ta'sirini maxsus ishlab chiqilgan balli tizim yordamida aniqlash mumkin. 
Ularni olishda tadbirkorlar biroz qiynaladilar. Bu mushkullikni yengillashtirish uchun Respublika 
tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi, birjalar, vazirliklar tegishli ballarni gazetalarda berib borib
tadbirkorlarga ko‘maklashishlari lozim. 
Moliyaviy reja qismida avvalgi qismlarda mahsulot turlari bo‘yicha aniqlangan ishlab chiqarish 
xarajatlari, ularning tannarxlari hamda baholariga asoslangan xolda har bir maqsulot turi bo‘yicha 
olinishi lozim bo‘lgan pul tushumi rejalashtiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy hamda 
o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lgan holda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Doimiy xarajatlarga ishlab 
chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ya'ni 
asosiy vositalarning ijara haqi, amortizitsiya summalari, yer va suv solig‘i summalari va boshqalar 
kiritiladi. 
O‘zgaruvchan xarajatlarga esa mahsulot miqdorining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, 
ya'ni mahsulot yetishtirishda sarflangan ish haqi summasi, yoqilg‘i, o‘g‘itlar qiymati va boshqalar 


192 
kiradi. Shuningdek, xo‘jalik bo‘yicha sarflangan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori, 
davriy xarajatlar, moliyaviy sarflar hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar summasi aniqlanadi. Shu 
xarajatlarni rejalashtiriladigan davrda kamaytirish yo‘llari, imkoniyatlari aniqlanib hisob-kitob 
qilinadi. Hisob-kitoblarga asoslangan holda ularni kamaytirish rejalari ishlab chiqiladi. Barcha 
xarajatlar, daromadlar hamda foyda summasi aniqlanganidan so‘ng, xo‘jalikning rentabellik darajasi 
aniqlanadi. Shuningdek ayrim ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda xo‘jalik bo‘yicha xarajatlarni 
qoplash darajasi ham aniqlanadi. Shu ko‘rsatkich yordamida mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab 
chiqarish zarurmi yoki to‘xtatish kerakmi, degan masala hal etiladi. Agarda olinadigan daromad unga 
qilinadigan xarajatdan kam bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak emas. Shu qismda 
olinishi mumkin bo‘lgan sof foydaning taqsimlanishi ham rejalashtiriladi. 
Biznes reja tuzishda xo‘jalik rahbari va mutaxasislari quyida ko‘rsatilgan masalalarga asosiy 
e'tiborni qaratishlari kerak: 

aniq bozordagi mahsulot turlariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda foyda 
keltiruvchi ekin turini ekishni rejalashtirish, sotish shakllarini aniq bilish; 

rejalashtirilgan yilda ekiladigan ekin turlarini, yerdan to‘g‘ri foydalangan holda joylashtirish; 

ekiladigan har bir ekin turi bo‘yicha xo‘jalikda texnologik xaritalarni tuzishda mavjud 
me'yorlardan kelib chiqqan holda, har bir hududning va xo‘jalikning iqtisodiy geografik 
xususiyatlarini hisobga olish; 

mehnat va moddiy xarajatlar me'yorlariga qat'iy rioya qilish; 

ekiladigan ekinni hosildorligini to‘g‘ri belgilash; 

chorvachilikda poda harakatini tuzish; 

mollar mahsuldorligini to‘g‘ri belgilash; 

mollar va parrandalarning oziqaga bo‘lgan talabining hisob-kitobini qilish; 

100 bosh urg‘ochi mollardan buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolasi olish hisob-kitobi, xo‘jalikning 
yo‘nalishini hisobga olgan holda belgilanadi; 

ekin ekish yoki chorva mollarini parvarish qilish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni aniq 
hisob-kitob qilish; 

yil boshida mavjud qoldiqni, mahsulotlarni saqlash xarajatlari hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish; 

erkin va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda narx belgilash va yil davomida bozor baholarining o‘zgarishiga qarab mahsulot sotishning 
shartnoma bahosini to‘g‘rilab borilishini shartnomada ko‘zda tutish; 

tayyorlov tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida oladigan mahsulotlarni tashish xarajatlarini 
qoplash manbalarini, miqdorini aniqlashni shartnomada aniq ko‘rsatish; 

ishlab chiqarishda ishlatilmay foydasiz yotgan inventar, mashina va texnikalarni sotishni yo‘lga 
qo‘yish; 

xo‘jalikdagi har bir tarmoqning foyda bilan ishlashini ta'min etish; 

qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qilinadigan mehnat va moddiy resurslar 
me'yori (kishi-soat, urug‘, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) vakolatli 
organlar tomonidan tasdiqlangan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda talab etiladigan 
me'yordan, mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda foydalanish; 

ekiladigan ekinlarning texnologik xaritalarda ko‘rsatilgan davrlar buyicha ish miqdorini 
bajarilish va xarajatlari davr tugashi bilan tahlil qilib borilishi shart. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling