Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejaning mazmuni kismida
Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil etuvchi qismida, hududda, xo‘jalikda sotilgan, kelajakda
sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot turlari, miqdori, sifati, bahosi to‘grisidagi ma'lumotlar batafsil ko‘rsatilishi lozim. Shu o‘rinda xo‘jalikning bozordagi o‘rni ko‘rsatilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. U xo‘jalikda sotilgan mahsulot miqdorini shu hududda yoki tumanda sotilgan shunday mahsulot miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich ortib borsa unda, xo‘jalikning bozordagi o‘rni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Undan xo‘jalikning bozordagi mavqyei qanday o‘zgarayotganligini ko‘rish mumkin. Bu erkin bozor sharoitidagi eng muxim shartlardan biridir. Chunki bozorda o‘rni yuksalayotgan xo‘jalik raqobatbardosh hisoblanadi va u kelajakda samarali rivojlanadi. Shu qismda raqobatchilar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar, xo‘jalikning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlari, masalan, paxta tolasini, qorako‘l terisini, sabzavot hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlar ham asoslangan xolda ko‘rsatilsa foydadan holi bo‘lmaydi. Lekin yuqoridagi masalalarga oid ma'lumotlar qishloq xo‘jalik korxonalarida e'lon qilinmaydi. Ma'lumotlar taqchilligi mavjud. Uni hal etish uchun esa Respublika radiosi, ro‘znomalari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Tadbirkorlar ma'lumotlarni birjalardan, ro‘znoma va oynomalardan, radio, televidenie xabarlaridan olishlari mumkin. Rejaning mazmuni kismida xo‘jalik ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ichki va tashqi raqobatchilar mahsulotlaridan farqlari, afzalliklari (sifati, bahosi, xarajati va boshqa), tovarlarining belgilari, ularni sotish bo‘yicha mavjud bo‘lgan litsenziyalari hamda mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha ma'lumotlar to‘liq keltirilishi lozim. Masalan, xo‘jalik paxtaning ma'lum bir navini yetishtirish bilan shug‘ullansa, uni yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa navlar bilan bir jadvalda taqqoslab berish kerak. Shunda ularning farqlari, afzalliklari yakkol ko‘rinadi. Shu qismda ishlab chiqarishning qanday joylashganligi, mahsulotlarni sotishga chiqarish imkoniyatlari to‘grisidagi ma'lumotlar keltirilishi kerak. Masalan, paxta qaerda yetishtiriladi va u qaerda qayta ishlanadi, ya'ni tolaga aylantiriladi. U joyning temir yo‘l, avtomobil yo‘li, havo hamda suv yo‘liga yaqin-uzoqligi, qulayligi ko‘rsatilishi zarur. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning chakana va ulgurji savdo maskanlariga yaqinligi ham ko‘rsatilishi kerak. Rejaning shu qismida 191 xo‘jalikni kelajakda rivojlantirish uchun talab etiladigan kapital qo‘yilmalar va shular evaziga barpo etiladigan barcha turdagi ob'ektlar, ularning afzalligi va samaradorligini ifodalovchi ma'lumotlar ham keltirilishi lozim. Nihoyat, bu qismda rejaning bajarilishini ta'minlovchi asosiy omillar, yo‘llar ko‘rsatiladi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling