Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
5. Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari.
Banklar xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘lish, kreditga layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha to‘g‘ri yuritilayotganligi, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytarish jarayonlari ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shuningdek har chorakda bank xodimning (loyiha menejerining) joylarga borib, olib borilayotgan ishlar bilan bevosita ob'ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan hollarda o‘z takliflarini berib kelishi. Korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi rejalar, natijalar yuzasidan suhbat qilishi ham talab tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda,bank bergan kreditlarni qaytarib olish uchun zarur choralarni qo‘llashi ham talab etiladi. Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularning hayotiyligi yuzasidan banklarda monitoring o‘tkazish kuyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 1. Joriy monitoring. 2. Muammoli kreditlar monitoringi. Joriy monitoringning boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob-uskunalarni olib kelish bitimini, kredit shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan xujjatlarni qabul qilish bilan boshlanadi. Qarz oluvchi bilan savol-javob o‘tkaziladi va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik- iqtisodiy asoslashni taqdim etadi. Monitoring bo‘yicha ishni rejali tashkil etish va loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab etiladi. Shu bilan birga loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi. Kreditning himoyasi tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda monitoring rejasi kreditlash bo‘limidagi mutaxassislar (ekspertlar) bilan monitoring bo‘limi mutaxassislari o‘rtasida birgalikda kreditning barcha davriga tuziladi. Bunda monitoring rejasida har chorakda kamida bir marta bank xodimining tekshiruv uchun joylarga borib kelishi ko‘zda tutiladi. Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar loyiha holatini moliyaviy-iqtisodiy tahlildan o‘tkazadilar: -korxonaning har oyda Davlat Statistika ko‘mitasining joylardagi bo‘limlari va boshkarmalariga ishlab chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan oylik jadvalli hisobotlari; - qarz oluvchining choraklik moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti. Bunda loyihaning iqtisodiy holatini tahlil qilish bo‘yicha ma'lumotlar bazasini bir tizimga keltirish zarur; - loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar tahlili asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi boshqarmasiga risklar darajasini bir xil tizimga keltirish va zaxiralarni shakllantirish uchun erkin axborotlar taqdim etiladi; - kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish har chorakda ish o‘rnida tekshirish dalolatnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi. Kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha ma'lumotlar monitoring boshkarmasi tomonidan berib boriladi; - loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish muddatlari oylar bo‘yicha taqqoslanadi; - kreditning ta'minlanganligi bo‘yicha nazorat. Har bir aniq kredit uchun alohida garovga qo‘yilgan mulkni tekshirish dalolatnomasi va har chorakda garovga qo‘yilgan mulkning holati haqidagi dalolatnoma ishlab chiqiladi; - hamma manfaatdor sub'ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning foizlari qaytarilishi haqida hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish; 202 - qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun xom ashyo va materiallar sotib olish maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, xujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish; - xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida marketing izlanishlarini (tadqiqotlarini) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda saqlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar berish. Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes rejalarini nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi. Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga xos omillari mavjud bo‘ladi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari kuyidagilar hisoblanadi: 1. Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi. 2. Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit xujjatlarida aks ettirilgan jadvallarning amalga oshmasligi: - moliyaviy-statistik hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi; - sifatsiz asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish. 3. Qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi, shu jumladan: - muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi; - mahsulot sotilishining sustlashishi; - qarz oluvchining faoliyatidagi rejalarida keskin o‘zgarishlar yuz berishi; - qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki sotish bozorida yomonlashishi. 4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib keluvchi «fors-major» holatlarining vujudga kelishi, jumladan: - qarz oluvchining ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning kelib chiqishi; - rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida menejmentning yomonlashuvi; - mol yetkazib beruvchilarning xom ashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi; - qarzdorning biznes-hamkorlari ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi. Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi. Birinchi bosqich. Agar qarz oluvchining vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklari tufayli loyihalar amalga oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatilsa, kuyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: a) bank bo‘limlarining ma'sul xodimlari bilan fikr almashishi; b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish: - loyihaning bajarilishini baholash; - qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish; - loyihaning rivojlanish muammolarini aniqlash; - risklarni baholash; - kreditni o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes rejasini (TIA) o‘rganib chiqish; - korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va manfaatdor shaxslar o‘rtasida muzokaralar olib borish; - muammoli kreditlarning hal etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini jalb etish va ular bilan muzokaralar olib borish. Ikkinchi bosqich. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati uzaytirilgan qarzlar bo‘yicha majburiyati. Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagicha: 203 a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz oluvchi faoliyatiga bog‘liq hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi; b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta'sir ko‘rsatishning bu turi juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma mablag‘larini butunlay yo‘qotishiga olib kelishi mumkin; v) to‘lov muddatini uzaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda barcha moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan ta'minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab chiqiladi va materiallar loyihalar monitoringi boshqarmasiga beriladi. Bu yerda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi va xulosa bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim etiladi. Kredit anketasi tuziladi va kredit portfeli monitoringi boshqarmasiga beriladi. Hisobotning hamma turlari va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Uchinchi bosqich. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassilari, loyihalar monitoringi boshkarmasi xodimlari, loyiha ekspertlari, hokimiyat vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda korxonaning ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida tekshiriladi. Tegishli hollarda korxonaning rahbarlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqiladi. To‘rtinchi bosqich. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida o‘tkaziladigan monitoring garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal etilish tamoyili muammoli kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi, samarasini ta'minlashi bilan o‘z ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin har bir investor yoki kreditlovchi bank va tashkilotlar o‘zlarining maqsadlari va faoliyat yo‘nalishi xusuiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos shakl va usul bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlarni tizimini ishlab chiqadilar. Nazorat savollari: 1. Monitoring mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 2. Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari. 3. Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish monitoringini tashkil etish. 4. Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling