Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

14.3. Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring. 
Investitsiya loyihalari monitoringi faqat uni amalga oshirish jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki
ularni moliyalashtirishga bo‘lgan davrlarda ham o‘tkaziladi. Loyihani moliyalashtirishga qadar 
o‘tkaziluvchi monitoringning ahamiyati shundaki, u loyihani moliyalashtirish davridagi monitoringga 
nisbatan afzalroq va ahamiyatliroq hisoblanadi. Chunki uning natijasida investorlarning loyihani 
amalga oshirishdagi maqsadlari oldindan ko‘proq ta'minlanish imkoniyatlari hosil qilinadi. 
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziladigan monitoring kuyidagilarni o‘z ichiga qamrab 
oladi: 
- investitsiya konsepsiyalarini qidirish; 
- loyihani boshlang‘ich tayyorlash
- loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy moliyaviy afzalligini baholash; 
- loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qarorlar qabul qilish. 
Loyihaning ushbu bosqichlardan o‘tishi investitsiyalarning amalga oshirilishini ta'minlaydi. 
Bunday vaziyatni keltirib chiqarish uchun investitsiya g‘oyasini amalga oshirishning barcha jihatlari 
puxta tayyorlanishi va shunga mos biznes reja (investitsiya loyihasi) ishlab chiqilishi lozim. Bunday 
loyiha salohiyatli (potensial) investorlar manfaatiga mos kelar ekan, demak, o‘tkazilgan tadqiqot 
ishlari ko‘zlangan natijaning hosil qilinishini ta'minlaganligini ko‘rsatadi. 
Natijalar va o‘tkazilgan tahlillarning foydali hisoblanishi loyihani amalga oshirish va uni 
moliyalashtirishning eng yaxshi variantini (sxemasini) tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini 
(bosqichiga o‘tishni) beradi. 
Ushbu bosqich yondashuvining afzalligi loyihani tayyorlashga sarflangan xarajatlarning 
samaradorligini ko‘rsatib berish va oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek ushbu bosqich 
eng ustuvor va samarali loyihani aniqlash va tanlab olish imkonini ham beradiki, bu esa istiqbolsiz deb 
topilgan loyihalarning o‘z vaqtida aniqlanishini va rad etilishining oldi olinishini ta'minlaydi. 
Loyihalarni bunday saralash esa hamisha muhim hisoblanib kelinadi. 


199 
Mablag‘lar kiritishga munosib biznes-g‘oyalarni qidirish va tanlash investitsiyalash bilan bog‘lik 
faoliyatning eng muhim boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir-oqibatida
investitsiya mablag‘larini safarbar etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani 
boshlang‘ich tayyorlash ishlari puxta olib borilishi lozim. 
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash bosqichining vazifasi esa investitsiya loyihasining munosib 
biznes rejasini ishlab chiqish, ya'ni har qanday tijorat faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan 
iboratdir. Bunday biznes rejaning vazifasi kuyidagi ikkita asosiy savollarga javob topishga asoslanadi: 
- investitsiya loyihasi konsepsiyasi qanchalik qiziqarli hisoblanadi va uning ustida ishlashni 
davom ettirishdan hamda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash uchun asosli 
ma'lumotlarni tayyorlashdan mantiq mavjudmi? 
Loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy afzalligini baholash 
bosqichida investitsiyalarning barcha jihatlari bilan bog‘liq variantlarni va muammolarni muqobil 
ko‘rib chiqishni ta'minlashi lozim bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini 
tayyorlash hamda tahlil etish amalga oshiriladi. 
So‘nggi qarorni qabul qilish uchun ma'lumotlarning barcha turlarini tayyorlash loyihani so‘nggi 
shakllantirish va moliyaviy afzalligini puxta baholash bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu 
bosqich faqat kerakli moliyaviy mablag‘larning yetarlicha aniqlik darajasida qat'iy ta'minlangan 
bo‘lishi mukin bo‘lgan hollardagina amalga oshirilishi lozim. 
So‘nggi va navbatdagi bosqich loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va loyihani moliyalashtirishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘nggi qaror qabul qilish hisoblanib, u loyihaning amalga oshirilishi 
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos hisoblanuvchi baholash ishlarini o‘tkazishni nazarda tutadi. 
Loyihaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, uni baholash bo‘yicha shunchalik kam ish olib boriladi. 
Baholi xulosani tayyorlashda esa asosiy e'tibor loyihani moliyalashtirishni amalga oshiruvchi firmaga 
qaratiladi. Agar firma tajribali va salohiyatli bo‘lsa, loyihaning butunlay hal etilishi ta'minlanishi 
mumkin. Loyihani eng so‘nggi baholashda ko‘llaniladigan usullar esa tahlilning texnik, tijorat, bozor, 
boshqaruv, moliyaviy jihatlariga asoslanadi. 
Shunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring loyihaning 
samaradorligi va hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga oshiriladi. Bunday monitoring 
loyihani amalga oshirishdagi kelib chiquvchi muammolarning oldini olishga va loyihani 
moliyalashtirish jarayonidagi monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi 
sabablarsiz, yengilroq o‘tkazilishiga imkon beradi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling