Ishlab chikarish rejasi qismida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lgan, turli xildagi tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik
jarayonlari bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan mehnat, material hamda mablag‘ xarajatlari (miqdori,
summasi) ko‘rsatilishi lozim. Hisob-kitoblar natijasida xo‘jalik qancha mahsulot ishlab chiqarishi va
unga qancha mehnat, material va mablag‘ sarflanishi aniqlanadi. Bu qismda ishlab chiqarishni
takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham rejalashtiriladi. Masalan yangi texnika,
texnologiya yoki kichik korxonalarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hisob-kitoblar
asosida ko‘rsatilishi lozim. Tadbiqorlar shu qismni tuzishda texnologik jarayonlarini bajarish uchun
belgilangan normativlarni, chunonchi, ekinlarni ekishda urug‘, yoqilg‘ilarni, o‘g‘itlarni sarflash,
mehnat sarfi me'yorlarini, shuningdek barcha materiallarning baholarini va boshqalarni bilishlari
lozim.
Marketing rejasi qismida biznes rejani tarmoq mahsulotlari bozori qismidagi ma'lumotlarga
asoslangan holda mahsulotlarni iste'molchilarga sotishning asoslanganligi, bu jarayon hyech qanday
qiyinchiliklarni vujudga keltirmasligini ko‘rsatuvchi tadbirlar belgilanadi. Shu qismda korxona
mahsulotlarini iste'mol etuvchilar to‘g‘risida, ular tomonidan qo‘yiladigan talablarning barqarorligini
aniq raqamlar bilan isbotlash lozim. Xo‘jalik mahsulotiga bo‘lgan talab darajasiga ta'sir etuvchi
omillar ko‘rsatiladi. Masalan, xo‘jalik mahsuloti sifatining yaxshiligi, ekologik jihatidan tozaligi,
bahosining nisbatan arzonligi, transport yo‘llariga yaqinligi va boshqalar. Xo‘jalikning boshqa
raqobatchilar bilan raqobatlashishida yutib chiqish strategiyasi imkoni boricha raqamlar yordamida
asoslanishi zarur. Nihoyat, sotiladigan mahsulotlarning baholari belgilanadi, mahsulotlarni qanday
tartibda sotish tafsilotlari batafsil yoritiladi hamda reklama xarajatlari keltiriladi. Xo‘jalikning bozor
sohasidagi ayrim talab etiladigan xolatlari ham rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |