Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
“Bunday investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish 2 xil yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1. Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha yondashish (makro). 2. Korxona darajasi bo‘yicha yondashish (makro). Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha izlanishlarni olib borish o‘sha davlatning butun investitsiyasi salohiyatini hamda bu davlatni boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar hajmini o‘rganish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiyalar loyihasi bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Loyiha bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilishda quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi: Umumiy investitsiya muhiti shart-sharoitlar. Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy boyliklar va xom-ashyo resurslar. Ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan tovarga kelgusidagi talab. Loyihaning atrof-muhitga ta’siri. Boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o‘zaro aloqasi va imkoniyalari. Diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatevtik ishlab chiqarish ga o‘tish. Ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati. Eksport imkoniyatlari. Import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo‘yicha har birining alohida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. Loyiha g‘oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni miqdoriy baho-lash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vo-sita hisoblanadi. DTIA loyiha imkoniyatlarini tadqiq etishni puxta TIA o‘rtasidagi oraliq sifatida ko‘rib chiqish lozim. Ularning farqi esa olinadigan ma’lumotni detallashtirish darajasi va loyiha variantlarini chuqur ko‘rib chiqishga asoslanadi. DTIA ning tuzilishi murakkab tarzda TIA ning tuzilishi kabi bo‘lishi lozim. Mumkin bo‘lgan muqobillarni puxta tahlil etish DTIA bosqichida alohida o‘rin egallashi kerak. Xususan, tahlil tadqiqotning quiydagi sohalarida turli xil muqobillarni qamrab olishi zarur. Loyiha strategiyasi yoki loyihaning korporativ strategiyasi va andozasi. Bozor va marketing kontseptsiyasi. Xomashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari. Loyihaning joylashish o‘rni, maydoni va atrof-muhit. Tashkil etish va o‘zgarmas (ustama) xarajatlar. Mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun ish haqi sarflari, shuningdek,, professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar. Loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish va h.k. Asosiy kiritiladigan resurslar loyiha hayotiyligini aniqlashda hal qiluvchi omilga aylangandagina tadqiqot ta’minoti DTIA va TIA bosqichlariga olib boriladi. Agar muayyan aniq mahsulot ishlab chiqarish ni aniqlashi uchun zarur bo‘lgan puxta o‘rganishlar ham TIA ga xos bo‘lsa, tadqiqot 182 ta’minoti alohida, biroq DTIA va TIA bajarilish bilan bir paytda olib boriladi. Tadqiqot ta’minoti TIA tugallanishidan keyin ham olib borilishi mumkin. TIA investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun kerakli barcha ma’lumotni berishi lozim, o‘z navbatida, investitsiya loyihasining tijorat, texnik, moliyaviy, iqtisodiy va ekologik jihatlari aniqlangan va DTIA bosqichida ko‘rib chiqilib muqobil variantli echimlar asosida to‘liq baholangan bo‘lishi lozim. Izlanishlarning moliyaviy qismi sof aylanma kapital, ishlab chiqarish va marketing xarajatlari, sotishdan tushgan tushum va investitsiya qilingan kapitaldan olingan foydani o‘z ichiga olgan holda investitsiyalar hajmini aniqlashdan iborat. Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarini yakuniy baholash, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy foydaliligini alohida hisoblash loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jihatlarni va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi. Loyihaning barcha hajmi kelgusi ishlarning asosiy qismi bo‘lib xizmat qiluvchi chizmalar, sxemalar, jadvallarda to‘la aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Yakuniy baholash faqat aniq loyiha bilan cheklanib qolmasdan, u bilan bog‘liq sanoat sohasi va tegishlicha iqtisodiyot bilan ham qiziqqan holda bajariladi. Deylik, agar avtomobil qurilishi korxonasi baholanayotgan bo‘lsa, u holda xulosa xomashyo va uskuna etkazib beruvchi soha, transport sohasi, mavjud avtomobil va temir yo‘llari va energiya ta’minoti imkoniyati bilan bog‘liq masalalarni hisobga oladi. Yakuniy xulosa tuzishda keng qamrovli loyihalar uchun to‘plangan ma’lumotlar va loyihaning barcha omillari tahlilini qayta jiddiy tekshirib chiqish qat’iy talab etiladi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling