Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Kapital qo’yilmalar tavakkalchiligi


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Kapital qo’yilmalar tavakkalchiligi – bu muayyan turdagi tadbirkorlik faoliyati tavakkalchiligi 
bo’lib, mablag` kiritishdan istalgan daromadni olmaslik ehtimoli bilan bog`liq. Bunday tavakkalchilik, 
tavakkalchilikning yuqorida sanab o’tilgan barcha turlarini o’z ichiga oladi. 
Qator vaziyatlarda, ehtimollik kategoriyalaridan foydalanishni nazarda tutmaydigan, oddiyroq 
yondashuvlar bilan chegaralanish mumkin. Ushbu uslublar, investitsiyaviy loyihani amalga oshirish 
davomida korxona menejmentini takomillashtirish uchun ham, investitsiyaviy loyiha maqsadga 


178 
muvofiqligini to’liq asoslash uchun ham yetarlicha samaralidir. Bunday yondashuvlar: sezuvchanlik 
tahlili va investitsiyaviy loyiha ssenariylari tahlilidan foydalanish bilan bog`liq. 
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, noaniqlik tahliliga bo’lgan ikki guruhdagi yondashuvlarni 
ajratishimiz mumkin: 
- sezuvchanlik va ssenariylar tahlili yo’li bilan noaniqlik tahlilini amalga oshirish; 
- turli xil ehtimoliy-statistik uslublardan foydalangan holda tavakkalchiliklarni baholash yordamida 
noaniqlik tahlilini amalga oshirish. 
Investitsiyaviy loyihalashtirishda, odatda, ketma-ket har ikkala yondashuvdan ham foydalaniladi. 
Bunda birinchi yondashuv majburiy, ikkinchisi esa xoxish bo’yicha. 
12.2 Sezuvchanlik tahlili. 
Sezuvchanlik tahlilining asosiy maqsadi – investitsiyaviy loyiha turli xil omillarini loyiha 
samaradorligining asosiy ko’rsatkichi, misol uchun daromadlilikning ichki me'yoriga, ta'sirining 
taqqoslama tahlilidan iboratdir. 
Sezuvchanlik tahlilini o’tkazishning eng ratsional ketma-ketligini keltiramiz. 
1. Investitsiyalar samaradorligining asosiy ko’rsatkichini tanlash. Bunday ko’rsatkich sifatida 
daromadlilikning ichki me'yori (IRR) yoki sof zamonaviy qiymat (NPV) xizmat qilishi mumkin. 
2. Investitsiyaviy loyiha muallifi aniq fikrga ega bo’lmagan omillarni tanlash (ya'ni, noaniqlik 
holatida bo’lgan). Odatda bularga quyidagi omillar kiradi: 
- kapital xarajatlar va aylanma mablag`larga qo’yilmalar; 
- bozor omillari-tovar narxi va sotish hajmi; 
- mahsulot tannarxining tarkibiy qismlari; 
- asosiy vositalarni qurish va ishga tushirish vaqti. 
3. Ikkinchi bosqichda tanlangan noaniq omillarning nominal va chegaraviy (yuqori va quyi) 
qiymatlarini o’rnatish. 
4. Noaniq omillarning barcha tanlangan chegaraviy qiymatlari uchun asosiy ko’rsatkichni 
hisoblash. 
5. Barcha noaniq omillar uchun sezuvchanlik grafigini barpo etish. G’arb investitsiyaviy 
menejmentida bunday grafik “Spider Graph” deb nomlanadi. Uchta omil uchun bunday grafikga misol 
12.1-rasmda keltirilgan. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling