Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Investitsiyaviy loyiha kapital qiymatini baholash
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
24. Investitsiyaviy loyiha kapital qiymatini baholash
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda sub'ektlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik munosabatlarini o‘rganish ular qabul qilgan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati sub'ektlari zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga tuziladi. Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor. 15 Bu majburiyatlar davlat idora va muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib quyidagilardan iboratdir: - investorlar investitsiyalar hajmi va ularning manbalari to‘g‘risida moliya organlariga deklaratsiya topshirishlari lozim. - kapital qo‘yilishni amalga oshirish uchun, tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan ruxsat olinishi kerak; - investitsiya loyihasining sanitariya-gigiena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi shart. Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, investitsiya sub'ektlarining majburiyatlariga quyidagilar ham kiradi: - vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish; - davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish; - belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma'lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z vaqtida yetkazib berish. Bulardan tashqari investitsiya faoliyatining har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarni ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi. Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir: 1) resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya'ni investitsiyalarni aniq investitsiya faoliyati ob'ektlariga investitsiyalash; 2) qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni pirovard iste'moli va yangi iste'mol qiymatini olish bilan harakatlanadi; 3) kapital qiymatini foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya'ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi amalga oshiriladi. Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni yaratadi, daromad-resurs-yakuniy natija (samara), ya'ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi. 15 Влинские П.Л., Левшец В.Н., Смоляк С.А. Оценка эффективности инвестиционнмх проектов: Теория и практика: Учебное пособие.-3-е изд. -М.: Дело, 2004. 175 Kapitalni o‘sish manbasi va investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan daromaddir. Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi. Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash amalga oshgunga qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida (ob'ektni qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi ob'ektdan foydalanish davrida) davom etadi. Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ularning foydalanish ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, mablag‘larni ijtimoiy-ishlab chiqarishning u yoki bu tarmog‘iga sarf qilishdan tutiladigan maqsad hisoblanadi. Davlat kapital qo‘yilmalarni xalq xo‘jaligining turli sohalariga sarflar ekan, albatta uning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishni, ya'ni ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solishni, va shu orqali mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirishni, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshliligini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Ana shu qo‘yilayotgan maqsadlarga erishishning turli yo‘llari mavjud: • kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlarga sarflash va ularni mintaqalar bo‘yicha samarali joylashtirish; • korxona va tashkilotlarda milliy iqtisodiyot va chet el texnikasini so‘nggi yutuqlari asosida ishlangan texnika va texnologiyalarni qurilishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi va foydalilik darajasi o‘sishini ta'minlash; • qurilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishga yangi quvvatlarni kiritish, qurilishlarni sifatli ishlangan texnik loyihalar bilan ta'minlash; • qurilish qiymatini va kapital qiymatlarini ulushining pasayishi orqali kapital sarflarning birligiga foydali samara olish; • yangi yaratilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirish muddatlarini qisqartirish. Kapital qo‘yilmalarning umumiy miqdorida ishlab turgan korxonalarni qayta qurishga ketadigan sarflarni ulushini ko‘paytirish - ularni iqtisodiy samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ammo korxonalarni qayta qurish har bir aniq holatida chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bir qator holatlarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarni qilinmasligi natijasida ko‘pgina korxonalarda iqtisodiy jihatdan samarasiz ishlar amalga oshiriladi. Natijada ular qayta qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish xarajatlarini oshirib yuboradi va samaradorligini pasaytiradi. Korxonalarni qayta qurishga sarflayotgan kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qayta qurishgacha bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar undan keyingi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Sanoat korxonalarini qayta qurish ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishni, uskunalarni unumdorligini o‘stirishni va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishini ko‘zda tutadi. Qayta qurish natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi korxona foydasining pasayishiga olib keladi, ammo mahsulot tannarxini pasayishiga olib kelmaydi. Agarda kapital qo‘yilmalarning birligiga olinadigan foyda o‘simi iqtisodiy samaradorlikning belgilangan koeffitsientidan past bo‘lmasa, qayta qurish maqbul hisoblanadi. Boshqa xolatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirishning boshqa yechimlarini izlash lozim bo‘ladi. Xaqiqatdan xam ishlab chiqarish quvvatlarini o‘sishi va shunga muvofiq maxsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ustama xarajatlarni nisbatan kamaytirish hisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish va maxsulot miqdorini ko‘paytirish orqali erishiladi. Tannarxni pasaytirishga qayta qurish bilan unumli uskunalarni qo‘llash va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali erishiladi. Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastlab ishlab turgan korxona va inshootlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni zarurligini va maqsadga muvofiqligining 176 texnik- iqtisodiy asosnomalar (TIA) ishlanadi. Bunday texnik-iqtisodiy asosnomalar rejalarga kiritiladigan har bir qurilish bo‘yicha ishlashi lozim. Yirik korxonalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomalar loyiha tashkilotlari tomonidan ishlanadi. Texnik-iqtisodiy asosnomalarda odatda: Tegishli tarmoqlarda quvvatlarning o‘sishini ta'minlovchi loyihalashtirilayotgan korxonalarning ahamiyatli xususiyatlari; korxonani mo‘ljallayotgan quvvatlarni va mahsulot turlarini asoslash; zarur kapital qo‘yilmalar hisob-kitobi; kapital qo‘yilmalarning kutilayotgan iqtisodiy samaradorligi va mo‘ljallanayotgan qurilishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘z aksini topishi lozim. Asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini asoslash, ularning o‘zini oqlash muddatlarini hisoblash; loyiha yechimlarini iqtisodiy baholash uchun qo‘shimcha va yordamchi texnik-iqtisodiy ko‘satkichlar ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga ishlab chiqarish maydonining 1 m kvadratiga mahsulot ishlab chiqarish, imorat va inshootlarning qurilish kubaturasini ko‘rsatuvchi miqdor koeffitsienti va boshqalar zarur bo‘ladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda ishlab chiqarish maydonlaridan tegishli foydalanish, imoratlar xillarini to‘g‘ri tanlash ancha sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkin. har qanday firmaning kapitali ikki qismdan - o‘zining kapitali va qarzdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun firma kapitalini qiymati yoki firma qiymati - o‘zining kapitali (aksiya qiymati) va qarz qiymati summasi hisoblanadi. Formulada izohlansa: V=S=B Ya'ni V-firma (korporatsiya) qiymati, S-o‘zining kapitali qiymati, B- qarz qiymati. Qarz qiymatining asosiy kapital qiymatiga nisbati (B/S) moliya liveriji koeffitsienti deyiladi. (liverij-1) investitsiya daromadliligini ko‘paytirish uchun zayom kapitalini foydalanish; 2) zayom mablag‘larini korporatsiyani o‘z kapitaliga nisbati). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling