Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Noaniqlik va tavakkalchilikning umumiy tushunchalari.
26. INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK
TAHLILI. Tayanch iboralar: noaniqlik, tavakkalchilik, ishlab chiqarish tavakkalchiligi, moliyaviy tavakkalchilik, investitsiyaviy tavakkalchilik, bozor tavakkalchiligi, kapital qo’yilmalar tavakkalchiligi, sezuvchanlik tahlili, ssenariylar tahlili, imitatsion modellashtirish. 1. Noaniqlik va tavakkalchilikning umumiy tushunchalari. Investitsiyaviy loyiha, kapital va joriy xarajatlar, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish hajmi, tovarlar narxi, loyihaning vaqt chegaralariga nisbatan yetarlicha aniq fikrlarga asoslangan bo’ladi. Bunday fikrlarning sifati va asoslanganlik darajasidan qat'iy nazar, loyihani amalga oshirish bilan bog`liq bo’lgan voqealar rivoji har doim bir xil emas. Bu har qanday tadbirkorlik faoliyatining asosiy aksiomasi. Shu munosabat bilan, investitsiyaviy loyihalashtirish amaliyoti, boshqalar qatorida, noaniqlik va tavakkalchilik jihatlarini ham ko’rib chiqadi. Noaniqlik deganda – kelajakdagi muayyan voqealar rivojining bir xilda bo’lmaslik holati, boshqacha qilib aytganda bizning hamma narsani bila olmasligimiz va korxona faoliyati, shu jumladan investitsiyaviy loyihani amalga oshirish, rivojlanishining asosiy kattalik va ko’rsatkichlarini aniq bashorat qila olmaslik holati tushuniladi. Noaniqlik holatida, yetarlicha aniq bo’lgan qaror yo’q, chunki investitsiyaviy loyihaning har bir ko’rsatkichi bo’yicha mumkin bo’lgan qiymati intervallari samaradorlik ko’rsatkichi qiymatining intervallarini keltirib chiqaradi. Ushbu interval, odatda, kapital qiymatini qoplaydi, bu esa loyihani bir xilda qabul qilish yoki rad etish imkonini bermaydi. Bu yerda, qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi, yangi bir omil paydo bo’ladi – bu tavakkalchilik omili. Faraz qilaylik, bir yoki bir necha kattaliklarni (misool uchun, sotish hajmi, mahsulot narxi, umumiy xarajatlar va h.) interval shaklida berish oqibatida, daromadlilikning ichki me'yoriy qiymatlarining tegishli intervali [11,2%; 18,5%] dan iborat bo’ldi. Korxona kapitali qiymati 14%ga teng. Loyihani qabul qilish kerakmi, yoki rad etish? To’g`ri qaror qabul qilish uchun, korxona uchun salbiy oqibatlar tavakkalchiligini baholash lozim. Umumiy holatda, tavakkalchilik deganda, biror-bir noxush voqeaning ro’y berish ehtimoli tushuniladi. Tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatida bunday noxush voqealarga korxona resurslarining bir qismini yo’qolishi, rejalashtirilgan daromadlarning pasayishi yoki qo’shimcha xarajatlarning kelib chiqishi va boshqalar tushiniladi. Tavakkalchilik – bozor muhitining o’ziga xos xususiyatidir. Tavakkalchilikning asosiy turlari quyidagilar: - korxona tomonidan o’z majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, ishlab chiqarish tavakkalchiligi; - korxona tomonidan o’z investorlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, moliyaviy tavakkalchilik; - shaxsiy va sotib olingan qimmatli qog`ozlardan iborat moliyaviy-investitsion portfelning qadrsizlanishi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, investitsiyaviy tavakkalchilik; - fond bozoridagi bozor foiz stavkalari va valyutalar kurslarining o’zgarishi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, bozor tavakkalchiligi; - mamlakatdagi barqaror bo’lmagan siyosiy vaziyat tufayli investorlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noxush voqealar bilan bog`liq siyosiy tavakkalchilik. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling