Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


-rasm. Loyihaning noaniq omillar o’zgarishiga sezuvchanligi


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

12.1-rasm. Loyihaning noaniq omillar o’zgarishiga sezuvchanligi. 
Mazkur grafik loyihaning eng kritik omillari to’g`risida xulosa chiqarish, va investitsiyaviy 
loyihani amalga oshirishda ularga alohida e'tibor qaratgan holda tavakkalchilikni pasaytirish imkonini 
beradi. Misol uchun, agarda mahsulot narxi kritik omil deb topilgan bo’lsa, loyihani amalga oshirish 
davomida marketing dasturini yaxshilash va (yoki) tovar sifatini oshirish lozim. Agarda loyiha ishlab 
chiqarish hajmining o’zgarishiga sezuvchan bo’lsa, korxona ichki boshqaruvini takomillashtirish va 


179 
unumdorlikni oshirish bo’yicha maxsus choralarni kiritishga alohida e'tibor qaratish lozim. Va nihoyat, 
agarda moddiy xarajatlar omili kritik deb topilgan bo’lsa, xom-ashyo xarid narxini pasaytirish 
imkonini beruvchi yangi uzoq muddatli shartnomalarni tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
12.3. Ssenariylar tahlili. 
Ssenariylar tahlili – bu tavakkalchilik tahlilining shunday uslubiki, u boshlang`ich ma'lumotlarning 
bazis to’plami bilan bir qatorda, loyiha mualliflari nuqtai nazaridan ro’y berishi mumkin bo’lgan, bir 
qator boshqa ma'lumotlar to’plamlarini ham ko’rib chiqadi. Ssenariy tahlilida, moliyaviy tahlilchi 
texnik menejerdan «yaxshi» va «yomon» (sotuvlarning kichik hajmi, past narx, yuqori tannarx va h.) 
holatlardagi ko’rsatkichlarni tanlab olishni so’raydi. Bundan so’ng, yaxshi va yomon sharoitlardagi 
NPV hisoblanadi va kutilayotgan NPV bilan taqqoslanadi. 
12.4. Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi. 
Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi, tasodifiy ssenariylarni yaratish imkonini hosil 
qilishi hisobiga, tavakkalchilikni baholashda qo’shimcha imkoniyatlarni yaratadi. 
Tavakkalchilik tahlili natijasi NPVning qandaydir yagona qiymati bilan emas, balki ushbu 
ko’rsatkichni butun mumkin bo’lgan qiymatlarining ehtimoliy taqsimlanishi ko’rinishida ifodalanadi. 
Demak, potensial investor, Monte-Karlo uslubi yordamida, loyiha tavakkalchiligini tavsiflovchi 
ma'lumotlarning to’liq to’plami bilan ta'minlangan bo’ladi. Ushbu asosda mablag` taqdim etish 
to’g`risida qaror qabul qilish mumkin. 
Umumiy holatda, Monte-Karlo imitatsion modellashtirilishi bu shunday jarayonki, uning 
yordamida qandaydir moliyaviy ko’rsatkichning (bizning misolimizda NPV) matematik modeli, 
kompyuter yordamida bir necha marta imitatsion tarzda hisoblab o’tkaziladi. Imitatsiya jarayoni 
shunday amalga oshiriladiki, o’zgaruvchanlar o’rtasidagi ma'lum bo’lgan yoki faraz qilinadigan 
korrelyatsiya munosabatlariga ziyon yetkazilmaydi. Natijalar, tavakkalchilik me'yorini hisoblash 
uchun, statistik tarzda yig`iladi va tahlil qilinadi. 
Tavakkalchilik tahlili jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratilishi mumkin (9.2-rasm). 
Tavakkalchilik tahlili jarayonidagi birinchi bosqich – prognoz modelini yaratishdir. Bunday model, 
tanlangan moliyaviy ko’rsatkich prognoziga tegishli bo’lgan sonli o’zgaruvchilar o’rtasidagi 
matematik nisbatlarni belgilaydi. Investitsiyaviy tavakkalchilik tahlili uchun bazis model sifatida, 
odatda NPV ko’rsatkichining hisob modulidan foydalaniladi. 
Prognoz modeli
Loyiha samaradorligini 
hisoblashni 
prognoz 
qila oladigan modelni 
tayyorlash 
Ehtimollikni 
taqsimlanishi
(1-bosqich) tasodifiy 
o’zgarvchilar 
taqsimlanishining 
ehtimoliy 
qonunini 
aniqlash 
Ehtimollikni taqsimlanishi
(2-bosqich)
O’zgaruvchilar 
qiymati 
diapazonining 
chegaralarini 
o’rnatish 
Korrelyatsiya 
shartlari 
Korrelyatsiyalangan 
o’zgaruvchilarning 
munosabatlarini 
o’rnatish
Imitatsion o’tkazishlar
Tasodifiy 
ssenariylardan 
foydalanish 
Natijalar tahlili 
Imitatsiya natijalarining statistik 
tahlili 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling